Home / FOTO LAVHALAR / XALQARO STIPЕNDIYA GʻOLIBLARINING IKKINCHI JUFTLIGI YETIB KЕLDI

XALQARO STIPЕNDIYA GʻOLIBLARINING IKKINCHI JUFTLIGI YETIB KЕLDI

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining navbatdagi ikki nafar gʻolibi – Malayziya milliy universiteti Islom sivilizatsiyasi instituti oʻqituvchisi Muhammad Hilmi Jalil hamda L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti (Qozogʻiston) doktoranti Almas Imangaliyev ilmiy amaliyot oʻtash maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yetib keldi.

Stipendiatlarni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev kutib olib, xodimlar ish faoliyati, ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan sharoitlar, muzey hamda kutubxona ishi bilan yaqindan tanishtirdi.

Muhammad Hilmi Jalil Markazda “Musulmonlarning “Sahihul Buxoriy”ga asoslangan oʻziga xosligi”, Almas Imangaliyev esa “Forobiyshunoslik va tarixiy tahlil” mavzularidagi ilmiy ishlari boʻyicha izlanishlar olib borib, koʻplab qiziqarli maʼlumotlar hamda yangi manbalarni oʻrganishni maqsad qilgan.

Sovrindorlarning amaliyoti davomida ular hamda Markaz ilmiy xodimlari ishtirokida oʻzaro tajriba almashish va malaka oshirish maqsadlarida seminar, davra suhbatlari hamda mahorat darslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Stipendiya dasturi gʻoliblarining Markazdagi ilmiy safari ikki oy davom etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtdi

Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli …