Home / XALQARO YANGILIKLAR / XALQARO HAMKORLIK JADALLASHMOQDA

XALQARO HAMKORLIK JADALLASHMOQDA

17 may kuni Turkiyada safarda boʻlib turgan Markaz delegatsiyasi aʼzolari Islom Hamkorlik Tashkiloti (OIC)ning Islom tarixi, madaniyati va sanʼatini tadqiq etish markazi (IRCICA) Bosh direktori professor Mehmet Erol Qilich qabulida boʻlishdi. Erol Qilich Oʻzbekistonga tashrifi davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan tanishganini katta xursandchilik bilan tilga olib, Markaz direktori Sh.Ziyodovning 2021 yil noyabr oyida IRCICAga amalga oshirgan safari doirasidagi ilmiy hamkorlik boʻyicha barcha imkoniyatlarini ishga solishini taʼkidladi.

Shuningdek, joriy yilning avgust oyida “Movarounnahrda Kitobat tarixi va madaniyati: islom sanʼati-xattotlik, qogʻozchilik va miniatyura” mavzusida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan forum doirasida amalga oshiriladigan tashkiliy ishlar kelishib olindi.

Shu bilan birga IRCISA tomoni buyuk muhaddis Imom Buxoriyning “Al-Jomiʼ as-Sahih” asari qoʻlyozma nusxalari, sharhlari va tarjimalarini qamrab oladigan elektron dasturni yaratish boʻyicha Markaz bilan hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtdi

Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli …