Home / FOTO LAVHALAR / Hamkorlikka oid muhim kelishuvga erishildi

Hamkorlikka oid muhim kelishuvga erishildi

Ayni kunlarda Turkiya safarida boʻlib turgan delegatsiya aʼzolari Anqaradagi Islom tafakkuri instituti rahbari professor, Dr. Mehmet Goʻrmez bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida oʻtgan yilning noyabr oyida markaz direktori Shovosil Ziyodovning mazkur institutga qilgan tashrifida erishilgan kelishuvlar natijalari alohida eʼtirof etilib, hamkorlikka oid amaliy aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Jumladan, delegatsiya rahbari, markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev va institut direktori professor, Dr. Mehmet Goʻrmez Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlarining Anqaradagi Islom tafakkuri institutida bir oylik yozgi malaka oshirish kurslarini tashkil qilishga kelishib oldilar. Goʻrmez kurslarni yuqori saviya va samaradorlikda tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladi. Malaka oshirishning ilk davrasini joriy yilning avgust oyida boshlash belgilandi. 

Muzokaralar chogʻida oʻzaro hamkorlikka oid boshqa masalalar ham qizgʻin muhokama qilindi.

Delegatsiyaning hamkor tashkilotlari tashriflari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …