Home / FOTO LAVHALAR / HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH UCHUN IMKONIYATLAR TALAY

HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH UCHUN IMKONIYATLAR TALAY

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Fransiyaning ilmiy tadqiqotlar milliy markazi olimalari tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib oldi. Xorijlik mutaxassislarga Markaz muzeyi, kutubxona fondi va ilmiy faoliyat olib borish uchun yaratilgan sharoitlar koʻrsatildi.

    

Oʻzbekiston va Fransiya ilmiy-tadqiqot markazlari hamda madaniy muassasalari oʻrtasida 2018-2022 yillarga moʻljallangan hamkorlikka oid “Yoʻl xaritasi”ning bir necha bandlari Fransiyaning mazkur yirik ilmiy muassasalaridan biriga tegishli boʻlib, unga koʻra bugungi kunga qadar qator yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Fransiya ilmiy tadqiqotlar milliy markazi professori Izabel Ohayan hamkorlikning ayni paytdagi holati haqida fikr bildirarkan, mazkur tashrif ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash uchun keng imkoniyat yaratishini taʼkidladi. Tomonlar bu boradagi fikr-mulohazalar bilan oʻrtoqlashib, mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan qoʻlyozmalarning katalogini tayyorlash va nashr etish, hamkorlikdagi tadqiqot natijalarini “Studia Iranica” jurnalida chop qilish hamda qoʻshma onlayn seminar maʼruza va mahorat darslarini oʻtkazishga kelishib oldilar.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi …