Home / FOTO LAVHALAR / “Musulmon olimlarining jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy forum boʻlib oʻtdi

“Musulmon olimlarining jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy forum boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 26 yanvar kuni Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi koʻmagida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti hamkorligida “Musulmon olimlarining jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy veb-forum oʻtkazildi.

Tadbirda 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy tadqiqotchi olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Jumladan, mazkur forumda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori bosh maslahatchisi, professor  B.Turayev ishtirok etdi va “Musulmon tabiatshunos olimlarining jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi: al-Xorazmiy va al-Beruniy misolida” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Notiq oʻz maʼruzasida, al-Xorazmiy va al-Beruniy kabi diyorimizdan yetishib chiqqan olimlarning jahon ilm fani va taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi, Yevropadagi renessans Oʻrta asrlar musulmon olimlarining ilm-fandagi ulkan kashfiyotlari evaziga vujudga kelganligi;

Jordano Brunodan tortib, Nikolay Kopernikkacha, Galileydan to Tixo Bragagacha, Yevropada oʻrta asrlarda shakllangan matematik ilmlar al-Xorazmiydan al-Beruniygacha boʻlgan davrdagi matematik va tabiiy-ilmiy fanlar taraqqiyoti bilan bevosita bogʻlanganligi;

Rene Dekartdan Isaak Nyutongacha boʻlgan tabiiy-ilmiy fanlar falsafasining tub asoslari Xorazmiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyomlar ishlab chiqqan tabiatshunoslik falsafasining gʻoyaviy xulosalaridan oziq olganligi;

Xorazmiy va Beruniy ilgari surgan matematik mantiq bugungi sivilizatsiyaning tamal toshlari hisoblanadi: bu arab raqamlari, oʻnlik sanoq sistemasi, algebraik hisob kitoblar, vaqtni oʻlchash, joy koordinatlarini va yulduzlar koordinatlarini aniq oʻlchash, trigonometriya fani, geodeziya, mineralogiya, sferik astronomiya, kartografiya, kosmografiya, farmokognoziya singari fanlarning fundamental asoslarini ana shu mutafakkirlar ishlab chiqishganligi kabi qator ilmiy fakt hamda fikrlari bilan ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Qiziqarli ilmiy faktlar va maʼlumotlarga boy oʻtgan mazkur tadbirda bildirilgan taklif va tavsiyalar bilan bir qatorda yakunda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Markaz matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …