Home / FOTO LAVHALAR / Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari

Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Hadis ilmi maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda professor oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va markaz ilmiy xodimlari ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar tomonidan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida koʻzda tutilgan islohotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, dunyo miqyosida murakkab jarayonlar kechayotgan bir paytda mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻli alohida qayd etildi. Taʼkidlanganidek, erishilgan yutuqlar chuqur tahlil qilinib, keyingi yillarda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, inson huquqlari va manfaatlarini yuqori darajada taʼminlash, faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yuksak eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, xalqimiz maʼnaviyatini oshirishda ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosni chuqur oʻrganib jamiyatga keng tatbiq etishdagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olish davlatimizning yorqin kelajagini taʼminlaydi.

Yigʻilganlar tomonidan shuningdek, Taraqqiyot strategiyasining “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasini va uni 2022–2032 yillarda amalga oshirish milliy dasturini ishlab chiqish yunalishida amalga oshirilishi lozim boʻlgan amaliy tadbirlar yuzasidan respublikamiz oliy oʻquv mussasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma asarlarning yagona bazasini yaratish, muzey, kutubxona va boshqa muassasalarning arxiv fondlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni taʼmirlash, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targʻib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish kabi qator takliflar bildirildi. Zero buyuk bobolarimizning boy madaniy merosini nafaqat oʻrganish, balki keyingi avlodga ham asl holida yetkazish har birimizning maʼnaviy burchimizdir.

“Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasi muhokamasi yuqori saviyada, konstruktiv ruhda oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …