Home / FOTO LAVHALAR / OʻZBЕK TILIDAGI “TAʼVILOT AL-QURʼON” TAQDIMOTI SIRDARYO VILOYATIDA OʻTDI

OʻZBЕK TILIDAGI “TAʼVILOT AL-QURʼON” TAQDIMOTI SIRDARYO VILOYATIDA OʻTDI

Avval xabar qilinganidek, respublikamiz viloyatlarida buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan 30-juzi taqdimoti tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Shunday taqdimot Sirdaryo viloyatida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimligi mutasaddilari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyat vakilligi xodimlari, viloyatdagi faol imom-xatiblar, viloyatning keng jamoatchiligi, xususan Respublika maʼnaviyat targʻiboti markazi viloyat boʻlimi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi vakillari, Guliston Davlat universiteti professor oʻqituvchilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Taqdimot ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinborasi I.Moʻminov va viloyat bosh imom xatibi H.Zokirov soʻzga chiqdi. Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohadagi davlat siyosatining ustivor yoʻnalishlari va mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar samaralari sohada faoliyat yuritish imkoniyatlarini oshirib borayotganini alohida eʼtirof etib, taqdimotning mohiyat jihatidan oʻta aktualligini va mazkur dolzarblik doimiy ahamiyatga ega ekanini taʼkidlashdi.

Tadbirning asosiy maʼruzachilari tarjima jarayonlarining eʼtiborga molik jihatlari, asarning boy mundarijasi, ilmiy qiymati va tarixiy ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdi.

Taqdimotda ishtirokchilar tomonidan mazkur tarjima ishi ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini kengroq oʻrganish va xalqimizga yetkazish borasida muhim qadam sifatida baholanib, ushbu yoʻnalishdagi faoliyat uzviy davom etishi zarurligi qayd qilindi.

   

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …