Home / FOTO LAVHALAR / TURKIYADAGI ISLOM TADQIQOTLARI MARKAZI SAFARNING SOʻNGGI MANZILI

TURKIYADAGI ISLOM TADQIQOTLARI MARKAZI SAFARNING SOʻNGGI MANZILI

Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Turkiya safarining nihoyasida Islom tadqiqotlari markazi (ISAM tashkiloti)ga tashrif buyurdi. Ushbu nufuzli tashkilotda delegatsiya aʼzolari mudir oʻrinbosari Tunjay Bashuglu bilan muloqot oʻtkazdi. 

Muloqot davomida Moturidiylik taʼlimotiga oid ensiklopediyaning soʻzliklari boʻyicha maʼlumotlar almashish, “Islom sivilizatsiyasiga hissa qoʻshgan 100 musulmon olimi” yillik jurnalini nashr etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ensiklopediya tuzish strategiyasi, uslublari, maqola yozish, ishni toʻgʻri tashkil etish kabi yoʻnalishlardagi treninglarni onlayn tarzda tashkil etishga kelishib olindi.

Tashkilotga Markazlar tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdim qilindi.  

ISAM tashkiloti dastlab 40 jildlik Islom ensiklopediyasini yaratish maqsadida tuzilgan boʻlib, hozirda yirik ilmiy-tadqiqot muassasasiga aylangan. Tashkilotda ensiklopediyani tuzishda har bir soha uchun alohida foydalaniladigan adabiyotlar burchagi tashkil etilgan. Tashkilot tomonidan ixchamlashtirilgan va sodda shakldagi 8 jildlik kitob ham nashr qilingan.

Ushbu bilan delegatsiya aʼzolarining Turkiyaga amaliy tashrifi oʻz nihoyasiga yetdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …