Home / FOTO LAVHALAR / ISTANBUL UNIVЕRSITЕTIGA TASHRIF

ISTANBUL UNIVЕRSITЕTIGA TASHRIF

Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya Turkiya safari davomida Istanbul universitetiga tashrif buyurib, universitetning Ilohiyot fakulteti dekani professor Ramazon Muslu, fakultet dekani oʻrinbosari Ahmed Temel va professor Murtaza Badr bilan uchrashdi. Uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, xususan, kelgusi yildan eʼtiboran Markazlar tadqiqotchilarini universitet fakultetining qisqa muddatli malaka oshirish dasturlariga jalb qilish, ular uchun Murtazo Badrning Movarounnahr faqihlariga doir maʼruza va seminar treninglarini tashkil qilish, tadqiqotlarning takrorlanishini oldini olish maqsadida ularning mavzulari va kitoblar almashinuvini muntazam ravishda yoʻlga qoʻyish, fakultetda Imom Moturidiy nomidagi auditoriyani ochish masalalari yuzasidan kelishib olindi.

  

Tashrif nihoyasida tomonlar oʻzaro esdalik sovgʻalari almashdilar.

Maʼlumot uchun: Istanbul universiteti 1900 yilda tashkil topgan. Universitetning birgina Ilohiyot fakultetida jami 4 000 talaba boʻlib, undan 2 000 nafari anʼanaviy, 2 000 nafari esa masofaviy tarzda tahsil oladi. Oʻquv muddatining dastlabki ikki yilida anʼanaviy, qolgan davrida esa masofaviy koʻrinishda taʼlim beriladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi …