Home / FOTO LAVHALAR / DЕLЕGATSIYA AʼZOLARI MARMARA UNIVЕRSITЕTIDA

DЕLЕGATSIYA AʼZOLARI MARMARA UNIVЕRSITЕTIDA

Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Turkiyaga safar davomida mamlakatning yana bir nufuzli taʼlim muassasasi Marmara universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi.  Shuningdek, universitetning professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Marmara universitetining Ilohiyot fakulteti dekani, professor Ismoil Safo, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xalqaro ilmiy hayʼati aʼzosi, professor Xulya Alper, islom ilmlari boʻyicha boshqa olim va mutaxassislar ishtirok etdilar. 

Muloqotda kelgusi yil bahor oylarida Markazdan ikki nafar ilmiy xodimni Marmara universitetidagi malaka oshirish va Moturidiylik taʼlimoti boʻyicha tadqiqotlarga jalb qilish, professor Xulya Alperning 2022 yil aprel oyidan boshlab Markazda oʻz hisobidan uch oylik tadqiqotlarni olib borishi va universitetda Imom Moturidiy nomidagi auditoriyani ochish kabi masalalar muhokama qilindi.

  

Uchrashuv konstruktiv muloqot tarzida samimiy va doʻstona kayfiyatda oʻtdi.

  

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …