Home / FOTO LAVHALAR / Oʻzbekistondagi yirik xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasi Turkiya safarida

Oʻzbekistondagi yirik xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasi Turkiya safarida

Oʻzbekiston hududidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir allomalarning boy ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish, xususan, hadis ilmi rivojida oʻchmas iz qoldirgan Imom Buxoriy, aqida va kalom ilmlari rivojiga bebaho hissa qoʻshgan Imom Moturidiy hamda ularning izdoshlari boʻlgan olimlarning ilmiy merosini keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish, ajdodlarimizning jahon qoʻzyozma fondlarida saqlanayotgan Qurʼon, tafsir, hadis, fiqh, aqida, kalom va tasavvuf sohalariga oid qoʻlyozma hamda toshbosma asarlarining faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish, islom ilmlarining bugungi kundagi ahamiyatini tadqiq etish yoʻnalishida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tashrifning birinchi kunida Turkiyaning “TRT AVAZ” teleradiokanali direktori Sedat Sagʻirkaya bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda delegatsiya vakillari “TRT AVAZ” teleradiokanali direktori Sedat Sagʻirkaya bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar va islohotlar, shu bilan bir qatorda, islom dinining asl tinchlikparvarlik va insonparvarlik mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrnini ilmiy asosda oʻrganish, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi allomalarning islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan bebaho hissasini xalqaro jamoatchilikka keng targʻib qilish yuzasidan “TRT AVAZ” teleradiokanali bilan hamkorlikda media mahsulotlar, hujjatli va badiiy filmlar tayyorlash borasidagi loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …