Home / FOTO LAVHALAR / OʻZBЕK TILIDAGI “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARI TAQDIMOTI ANDIJON VILOYATIDA

OʻZBЕK TILIDAGI “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARI TAQDIMOTI ANDIJON VILOYATIDA

Respublikamiz viloyatlarida boʻlgani kabi Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tarjima qilinib nashr etilgan 30-juzi taqdimoti Andijon viloyatida ham oʻtkazildi.


Mazkur viloyatda joylashgan “Sayyid Muhyiddin Maxdum” oʻrta-maxsus islom bilim yurti oʻqituvchi va talabalari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili va viloyatdagi faol imom-xatiblar ishtirok etgan tadbirda markaz ilmiy jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ushbu tarjima yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada keng koʻlamda amalga oshirilayotgan islohotlarning yaqqol samarasi oʻlaroq, tafsirshunoslik va islomshunoslik yoʻnalishida erishilgan yirik muvaffaqiyat sifatida eʼtirofga molik ekani qayd etildi.


Jumladan, tadbir ochilishida soʻz olgan Andijon viloyati bosh imom xatibi M.Aliyev va “Sayyid Muhyiddin Maxdum” oʻrta-maxsus islom bilim yurti mudiri R.Maxmudovlar buyuk ajdodimizning ushbu durdona asari dinimizning asl mohiyatini anglash, bu orqali turli botil firqalarga qarshi ilmiy asoslangan dunyoqarashni shakllantirish hamda moʻtadillik taʼlimotini keng targʻib qilishda beqiyos ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi.
Taqdimot maʼruzachilari yigʻilganlarga islom olamida juda katta mavqega ega boʻlgan tafsirlar sirasidagi “Taʼvilot al-Quʼon” asarining yuksak maʼnaviy-maʼrifiy qiymati, ilmiy-amaliy ahamiyati hamda bugungi kundagi salohiyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdilar.


Tadbirda ayni paytda Moturidiy kabi allomalarimiz hayoti va ilmiy merosi yanada mufassal oʻrganilib, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga benazir hissa qoʻshgan bebaho asarlariga tegishli boʻlgan ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarni nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish hamda ushbu yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqotlarning tizimli tarzdagi davomiyligini taʼminlashga boʻlgan ehtiyoj alohida tilga olindi.

Taqdimotda ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi …