Home / FOTO LAVHALAR / “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING OʻZBЕK TILIDAGI NASHRI NAMANGAN VILOYATIDA TAQDIMOT QILINDI

“TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING OʻZBЕK TILIDAGI NASHRI NAMANGAN VILOYATIDA TAQDIMOT QILINDI

Shu kunlarda respublikamiz viloyatlarida buyuk alloma Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan 30-juzi taqdimoti tadbirlari oʻtkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Namangan viloyatida boʻlib oʻtdi.

Unda Namandagi “Hidoya” oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchi va talabalari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili va faol imom xatiblar, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazining Namangan viloyati mintaqaviy filiali tinglovchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Namangan viloyat hokimining oʻrinbosari M.Abdurazzoqov, viloyat bosh imom-xatibi A.Tursunov va Namangan viloyatida joylashgan “Hidoya” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri A.Bobomirzayevlar oʻz nutqlarida mamlakatimizda diniy -maʼrifiy sohada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida soʻz yuritdi. Jumladan viloyatdagi “Hidoya” madrasasining yangi binosi qad koʻtarib, goʻzal qiyofa kasb etgani hamda shu madrasada malaka oshirish markazi va Qurʼon maktabi tashkil qilinganini mazkur islohotlarning yuksak samaralari sifatida eʼtirof etdilar. Shuningdek, notiqlar taqdimoti oʻtkazilayotgan “Taʼvilot al-Qurʼon” asari 30-juzining oʻzbek tilidagi nashri mazkur ilm dargohlarining oʻquv dasturlaridan mustahkam oʻrin olishiga ishonch bildirdilar va bu orqali Qurʼoni karim oyatlarini chuqur oʻrganishga imkon yaratilganidan mamnuniyat izhor etishdi.

Taqdimotning asosiy maʼruzachilari asar muallifi Imom Moturidiy siyrati, uning boy ilmiy merosi va islom ilmlari rivojiga qoʻshgan benazir hissasi haqida qimmatli maʼlumotlar keltirib, tarjima jarayonlari va unda eʼtibor qaratilgan jihatlar xususida toʻxtaldilar.

Tadbirda yigʻilganlar tomonidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlarining mazkur tarjima ishi yirik ilmiy natija sifatida baholanib, bu kabi xayrli ishlar koʻlamini kengaytirish zarurati alohida taʼkidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …