Home / FOTO LAVHALAR / IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI MALAYZIYALIK ILM AHLI VAKILLARI MЕZBONI BOʻLDI

IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI MALAYZIYALIK ILM AHLI VAKILLARI MЕZBONI BOʻLDI

Bugun, 25 oktyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga shu kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza Binti Sham, Malayya universiteti rektori, professor Mohd Hamdi Abd Shukor hamda Malayziya bola huquqlari boʻyicha vakili Nur Azia Mohd Aval tashrif buyurdi.

Yuksak martabali mehmonlar tashrif avvalida Markaz muzeyi va uning eksponatlari bilan tanishib chiqdilar. Soʻngra Markaz kutubxonasi va undagi kitoblar malayziyalik ilm ahli vakillari eʼtiborini tortdi.

 

Markazda yaratilgan sharoitlar hamda olib borilayotgan tadqiqot va tarjima ishlari mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Tashrif doirasida Markaz rahbariyatining mehmonlar bilan qisqa muloqoti boʻlib oʻtdi. Muloqot chogʻida Markazning Malayziyadagi ilmiy muassasalar bilan oʻrnatilgan yaqin hamkorlik aloqalari qamrovini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avval xabar qilinganidek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom sivilizatsiyasi instituti oʻrtasida joriy yilning 13 avgust kuni oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Muloqotda tomonlar ayni paytgacha mazkur memorandum doirasida faoliyatning qator yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamfikr hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini, buning samarasi oʻlaroq qoʻshma loyihalar amalga oshirilib, ilmiy seminarlar va koʻrgazmalar tashkil etilayotganini mamnuniyat bilan qayd qildilar va istiqbolda ilmiy yoʻnalishdagi faoliyatni yanada takomillashtirishda hamkorlik uzviyligini taʼminlashga ehtiyoj mavjudligini eʼtirof etdilar.

Samimiy muloqot nihoyasida mehmonlarga Markaz taʼsis etgan esdalik sovgʻalari hamda nashr ettirgan adabiyotlar ulashildi.

 

Mehmonlar Markaz faxriy mehmonlar kitobiga oʻz dastxatlarini yozib qoldirishdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …