Home / YANGILIKLAR / Misrdagi “Al-Azhar ovozi” gazetasida oʻzbek olimining maqolasi chop etildi

Misrdagi “Al-Azhar ovozi” gazetasida oʻzbek olimining maqolasi chop etildi

Misr Arab Respublikasidagi Al-Azhar universiteti “Al-Azhar ovozi” gazetasining 2021 yil 13 oktyabrdagi sonida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi – ilmiy merosni asrashning bardavom strategiyasi” nomli maqola eʼlon qilindi.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev muallifligida chop etilgan ushbu maqolada buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hamda yurtimizdan yetishib chiqqan ulugʻ mutafakkir va allomalarning boy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qoʻshgan bebaho hissasini chuqur tadqiq etish va keng targʻib qilish, shuningdek, xalqaro miqyosdagi maʼnaviy-maʼrifiy muloqot va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati haqida soʻz yuritilgan.

Xususan, markaz ilmiy xodimlar tomonidan tomonidan qisqa vaqt ichida 56 ta kitob va risola, ilmiy jurnal va toʻplamlarda 482 ta maqola chop etilgani, respublika va xalqaro miqiyosda oʻtkazilgan konferensiya va simpoziumlarda 331 ta maʼruza oʻqilgani qayd etilgan.

 “Xorijiy mamalakatlar fondlarida saqlanayotgan 1168 ta qoʻlyozma va tosh bosma asarlarning elektron nusxalari jamlandi. Misrdan 130 mingdan ortiq noyob qoʻlyozmalarning elektron nusxalari olindi. “Al-Furqon” fondidan qoʻlyozmalarga oid 117 ta katolog olib kelindi. Markazda saqlanayotgan 553 ta asarning katalogi tayyorlandi”, deyiladi maqolada.

 Islom olamining nufuzli nashrlaridan biri hisoblangan “Al-Azhar ovozi” gazetasi haftaning chorshanba kuni Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, “Al-Azhar” diniy majmuasi rahbari, doktor Shayx Ahmad Muhammad Toyyib homiyligida chop etiladi.  

Nashrga Misrning sobiq Bosh imomi, marhum Muhammad Sayyid Tantoviy tomonidan asos solingan. Gazetaning ilk soni 1999 yilning oktyabr oyida bosmadan chiqqan.

Manba: OʻzA

Check Also

Imom Buxoriyning islom tarixiga oid nodir asari taqdimoti

Joriy yilning 27-mart kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk muhaddis olim, …