Home / FOTO LAVHALAR / Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi “Dunyo oʻzbeklari” nigohida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi “Dunyo oʻzbeklari” nigohida

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan kanadalik vatandoshimiz, “Dunyo oʻzbeklari” mustaqil internet gazetasi rahbari Ismat Xushev tashrif buyurdi.

Mehmon markaz faoliyati, unda ilmiy xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Taniqli jurnalist tashrif davomida markaz ilmiy xodimlari bilan misrlik moturidiyshunos olim, ilohiyot fanlari doktori Ahmad Saʼd Damanhuriy ishtirokida “Moturidiylik va hozirgi zamon” mavzuida turkum ilmiy seminarlar haftaligi doirasida “Imom Moturidiy qarashlarining ilmiy ahamiyati” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida ham qatnashib, mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mohiyati oʻlaroq, allomalarimiz qoldirgan boy ilmiy va maʼnaviy merosni oʻrganish va asl holatida avlodlarga yetkazish, yoshlarni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari sifatida tarbiyalashning tarixiy zarurati toʻgʻrisidagi qimmatli fikrlarini bayon etdi.

Shundan soʻng mehmon markaz muzeyida boʻldi. Undagi noyob eksponatlar mehmonda katta qiziqish uygʻotdi.

Tashrif doirasida I.Xushev markazning maqsad va vazifalarini amaliyotga tadbiq etish jarayonlari rahbariyat va xodimlardan yuksak masʼuliyat va salohiyat talab etishini alohida taʼkidlab, buning uchun esa barcha zaruriy sharoitlar muhayyo etilganidan mamnunligini bildirdi va ilmiy jamoaga bu boradagi zalvorli mehnatlariga muvaffaqiyat tiladi.

Tashrif tafsilotlari “Dunyo oʻzbeklari” saytining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali onlayn tarzda jonli efir orqali yoritib borildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«Sinergetika-3: maʼnaviy meros» nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …