EʼTIROF

▪️ MAHMUD EROL QILICH – IHTning Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) Bosh direktori:

– Oʻzim rahbarlik qilayotgan Markazning bosh maqsadi musulmon olimlar­ning jahon sivilizatsiyasi ravnaqiga qoʻshgan hissasini keng targʻib etishdan ham iborat. Islom ilmlari rivojida asosiy oʻrin tutgan allomalarni haqli ravishda yetuk siymolar sirasida koʻramiz. Umrini shunday sharafli ishga bagʻishlagan Imom Buxoriyning hayot yoʻli va mashaqqatli ijodi haqidagi maʼlumotlarni, uning xizmatlari tufayli erishilgan yangi bilimlar mohiyatini jahon boʻylab kengroq tarqatishni ota yurtimiz – Oʻzbekistondagi hamkasblarimiz ishtirokisiz amalga oshirishni imkonsiz deb bilamiz.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qoʻlyozmalar – ilm manbai va bilim bulogʻi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Movarounnahr muhaddislari asarlarining Jazoirda saqlanayotgan qoʻlyozma nusxalari” mavzusida xalqaro davra …