Home / Imom Buxoriy hadislari / Rasuli akram mo‘’jizalari “Sahihul Buxoriy”da …

Rasuli akram mo‘’jizalari “Sahihul Buxoriy”da …

TABIB BO‘LMAGAN KISHINING TAVSIYASI

Omir ibn Sa’d otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim har kuni tongda bir nechta ajva* xurmo yesa, o‘sha kuni kechgacha unga zahar ham, sehr ham zarar qilmaydi”, dedilar.

(Aliy*dan) boshqasi: “Yettita xurmo”, deb aytdi.»

VII jild. 5769-hadis. Sa’d roziyallohu anhu aytadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kim har kuni tongda yettita ajva xurmo yesa, o‘sha kuni unga zahar ham, sehr ham zarar qilmaydi”, deganlarini eshitdim.» (VII jild. 5768-hadis)

* Ajva – eng sifatli xurmo navlaridan bo‘lib, mevasi kichikroq, qoramtir, shirasi mo‘’tadil bo‘ladi. U asosan Madinai Munavvarada yetishtiriladi. Hozir ham uning qiymati baland. Uning zahar va sehrni kesish xususiyatiga egaligi bugun qator ilmiy tadqiqotlarda tasdiqlanmoqda.

* Aliy ibn Abdulloh Madaniy – Imom Buxoriyning ustozlaridan biri.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Check Also

AYYOM FAZILATI: Yetimning kafili

Sahl ibn Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Men va yetimning kafili …