Home / YANGILIKLAR / ILMDAN BOSHQA NAJOT YOʻQ VA BOʻLMAGAY

ILMDAN BOSHQA NAJOT YOʻQ VA BOʻLMAGAY

Joriy yil 29 aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzuida onlayn tarzda maʼrifiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimi ilmiy xodimlari talabalarga Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va madaniyati, muqaddas islom dini rivojiga qoʻshgan bebaho hissasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

– Afsuski, dunyodagi gʻaraz niyatli kuchlar oʻziga koʻr-koʻrona ergashib ketadigan tarafdorlarni koʻpaytirish, saflarini ongsiz, real maqsadsiz, manqurtlashgan kimsalar bilan toʻldirish uchun odam yollashning turli yangicha usullaridan foydalanmoqda. Bu doimo ogoh va hushyor boʻlishni, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona va ehtiyotkorlik bilan foydalanishni taqozo etadi, – dedi Markaz ilmiy xodimi T.Evadullayev.

Tadbirda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …