Home / Imom Buxoriy hadislari / Rasuli akram mo‘’jizalari «Sahihul Buxoriy»da…

Rasuli akram mo‘’jizalari «Sahihul Buxoriy»da…

MEROSNING BUTUN QOLISHI

(IV) 2781. Jobir ibn Abdulloh Ansoriy roziyallohu anhumo otasining Uhud jangida shahid bo‘lib, olti qizi hamda zimmasida qarzi qolganini so‘zlab, bunday dedi:

«Xurmoni uzish vaqti kelganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga borib: «Ey Allohning Rasuli, otam Uhud kuni shahid bo‘lganini va zimmasida ko‘p qarz qoldirganini bilasiz. Men haqdorlarning sizni ko‘rishlarini istardim», dedim. «Borib, har nav xurmoni alohida uyum qil», dedilar.

Men shunday qildim-da, so‘ng u zotni chaqirdim. Haqdorlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko‘rishdi-yu shu zahoti meni qistovga olishdi.

U zot ularning qilayotgan ishlarini ko‘rgach, eng katta uyum atrofida uch marta aylandilar-da, so‘ng uning yoniga o‘tirdilar. Keyin: «Haqdorlaringni chaqir», dedilar. U zot Alloh otamning omonatini ado etgunicha ularga o‘lchab beraverdilar.

Allohga qasamki, Alloh otamning omonatini ado etsa, singillarimga bir dona xurmo orttirib qolmasam ham rozi edim. Allohga qasamki, uyumlarning hammasi butunligicha qoldi, hatto boya Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yoniga o‘tirgan uyumga qarasam, undan bir dona xurmo ham kamaymagandek edi.»

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Manba: UzA

Check Also

AYYOM FAZILATI: Yetimning kafili

Sahl ibn Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Men va yetimning kafili …