Home / YANGILIKLAR / Malayziyadan munosabat: Yoshlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va farovonligini taʼminlashda harakatlantiruvchi va qudratli kuchdir

Malayziyadan munosabat: Yoshlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va farovonligini taʼminlashda harakatlantiruvchi va qudratli kuchdir

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan O‘zbekistonda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari Malayziya ekspert-tahlil va ilmiy-akademik doiralari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Malayziya shariat, huquq va siyosatni o‘rganish markazi direktori Mohd Farid bin Mohd Shahranning so‘zlariga ko‘ra, “so‘nggi yillarda dunyo hamjamiyati yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasiga katta eʼtibor qaratmoqda. Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu maʼnaviy yetuk, bilimli va maʼrifatli shahslarni tarbiyalashdan iborat”.

“Shu munosabat bilan men Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir» degan so‘zlariga to‘liq qo‘shilaman”, – deb taʼkidladi ekspert.

«O‘sib kelayotgan avlodning maʼnaviy-maʼrifiy ongini shakllantirish mamlakatning vatanparvar, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar sohibi bo‘lgan hamjihat va barkamol yigit-qizlarini tarbiyalashning asosiy omili ekaniga ishonchim komil, – deb davom etdi malayziyalik mutaxassis. – Aynan yoshlar yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va farovonligini taʼminlashda harakatlantiruvchi va qudratli kuchdir. O‘zbekiston rahbarining maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarga ustuvor ahamiyat bergan holda maktabgacha, o‘rta va oliy taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirayotgan saʼy-harakatlari kelajakda yoshlar o‘rtasida madaniyat, milliy urf-odatlar va qadriyatlar, axloqiy barkamollik va vatanparvarlik tushunchalarining mustahkamlanishiga asos bo‘ladi”.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …