Home / 2022 / Iyun (page 5)

Monthly Archives: Iyun 2022

MARKAZ STIPЕNDIATLARI ILMIY ISHLARI TAQDIMOTINI OʻTKAZDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning ayni kunlarda Markazda amaliyot oʻtayotgan sovrindorlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqotlarining dastlabki natijalari taqdimotini oʻtkazishdi. Taqdimot avvalida stipendiya dasturi gʻoliblari Markazda ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaratilgan sharoit hamda rahbariyat va ilmiy xodimlar tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordamlar uchun minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek ular …

Batafsil

AJDODLARIMIZ MЕROSIDA YOLGʻONCHILIK ILLATINING QORALANISHI

“Yolgʻonchilikdan saqlaninglar, chunki u yomonlik bilan birga doʻzaxda boʻladi”. Hadisdan. Jamiyat sarvari insonning tabiatida ijobiy va salbiy xulqiy sifatlar mavjud boʻladi. Odam doimo oʻzidagi ijobiy xulqiy fazilatlarni asrash, salbiy xulqiy odatlaridan saqlanishga intiladi. Kishilardagi eng salbiy xulqiy odatlardan biri yolgʻonchilik hisoblanadi. Inson har qanday fikrning notoʻgʻriligini bilgani holda tasvirlashi yolgʻon …

Batafsil

DIQQAT EʼLON

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn seminarlarning navbatdagisiga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Parij-Sorbonna-Panteon universiteti Dr. ROKKO RANTЕning “ILK ISLOM DAVRIDAGI BUXOROGA OID TADQIQOTLAR” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi. …

Batafsil

Muftiy hazratlari Azhari sharif majmuasida yuzlab vatandoshlar bilan muloqot oʻtkazdi

10 iyun kuni Muftiy hazratlari “Azhar” masjidida juma namozini ado etgandan soʻng, ushbu majmua xonaqohida jamlangan bir necha yuzlab vatandoshlar bilan dildan suhbat qildilar. Muftiy hazratlari hadisi shariflarda ilm olishning fazilati va tolibi ilmlarga beriladigan ajr-mukofotlar haqida soʻzlab, yurtimizdan chiqqan Imom Buxoriy kabi ulugʻ zotlar maʼrifat izlab dunyoning turli oʻlkalarida …

Batafsil

BADIIY TAFAKKUR YOGʻDUSINI IZLAB: QADIM ARAB NOTIGʻI XITOBASI MISOLIDA

Insoniyat tamadduni bu yer yuzidagi turli xalqlar, millatlar, elatlarning milliy madaniy merosidan iborat yaxlit bir-butunlikdir. Bunda har bir milliylik oʻz ranglari, jozibasi bilan butunlikni bezaydi, oʻzining benazir oʻrnini koʻz oʻngimizda toʻldirib turadi. Bugungi kunning ehtiyoji esa insoniyat taraqqiyotining yangi va yuksak bosqichiga yoʻqotishsiz, xatolarsiz koʻtarilish ekan, bu jarayon aynan mana …

Batafsil

OʻZBЕKISTON VA MISR MUFTIYLARI UCHRASHUV OʻTKAZDILAR

Bugun, 9 iyun kuni Qohirada oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida Muftiy Nuriddin domla hazratlari Misr Arab Respublikasi muftiysi Shavqiy Ibrohim Allom bilan uchrashuv oʻtkazdilar. Unda Oʻzbekistonning Misrdagi elchisi Mansur Qilichev, Misr Arab Respublikasi muftiyligi vakillari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. Samimiy muloqot chogʻida Shavqiy Allom hazratlari Muftiy Nuriddin domla hazratlariga nufuzli …

Batafsil