Home / IMOM DORIMIY / SUNANI DORIMIY

SUNANI DORIMIY

1421. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uchta masjid – Kaʼba, mening masjidim va Masjidul Aqsodan boshqa joyga (muqaddas joy deb, ziyorat qilish uchun) safarga chiqilmaydi”, dedilar”.

Izoh: Demak, ziyoratdan savob umid qilib, alohida niyat bilan hozirlik koʻrib safar qilish mumkin boʻlgan masjidlar uchta ekan: Makka shahridagi Kaʼba – Masjidul Harom, Madinadagi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlari va Quddusdagi Masjidul Aqso.

Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Check Also

SUNANI DORIMIY

1394. Abu Humayd yoki Abu Usayd Ansoriy aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizdan biringiz masjidga …