Home / FOTO LAVHALAR / Yoshlar qalbiga yoʻl

Yoshlar qalbiga yoʻl

Kattaqoʻrgʻon pedagogika institutida talaba yoshlar ishtirokida “Rahbar va bolalar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda Kattaqoʻrgʻon shahri hokimi Gavhar Alimova yoshlar bilan muloqot qilib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oʻsib kelayotgan avlod vakillarining turli sohalarda erishayotgan natijalari, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Uchrashuvda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari T.Evadullayev va A.Mamadaliyev bugungi tezkor axborot makonida yoshlarni turli radikal va mutaassib oqimlar taʼsiridan himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish, Imom Buxoriy ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida maʼruza qildi. Mutaxassislar ilgʻor fikrlar va amaliy tavsiyalarni oʻrtaga tashlab, bugungi kun yoshlariga daxldor dolzarb masalalarni yoritib berdi.

Ochiq muloqot yoshlar uchun oʻz fikrini erkin bayon etish, rahbarlar bilan bevosita muloqot qilish koʻnikmasini rivojlantirish, kelgusi maqsad va rejalarini aniq belgilash imkoniyatini yaratdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Maʼrifatli avlod – jamiyat barqarorligi va farovonligining kafolati

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish – davr talabi” mavzusida maʼrifiy davra …