Home / XALQARO YANGILIKLAR / Eʼtiborga molik eʼtirof

Eʼtiborga molik eʼtirof

Bugun islom olamining koʻzga koʻringan https://www.islamicity.org/ yangiliklar saytida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Otabek Muhammadiyev va Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdurahmonning “Oʻzbekiston: YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasida insonparvarlik markazi” nomli maqolasi eʼlon qilindi.

Maqola mamlakatimizning xalqaro maydonda insoniylik, madaniy meros va global muloqot markazi sifatidagi nufuzini yana bir bor tasdiqladi. Uning chop etilishi Samarqandning,  umuman, Oʻzbekistonning jahon intellektual xaritasida tutgan oʻrni yanada mustahkamlanayotganining muhim dalilidir.

Maqolda taʼkidlanganidek, Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining oʻtkazilishi – oʻziga xos tarixiy voqea. Bu nafaqat xalqaro hamjamiyatning Oʻzbekistonga bildirgan ishonchi, balki mamlakatimiz olib borayotgan ochiqlik, maʼrifat va madaniy diplomatiya siyosatining amaliy samarasidir. YUNESKOning oʻzi insoniyat merosi bilan ishlaydigan tashkilot ekan, uning ana shu qadriyatlarga uygʻun makon sifatida Samarqandni tanlagani bejiz emas.

Maqolada Oʻzbekistonning taʼlim va maʼrifatni rivojlantirish, madaniy merosni asrash, inson huquqlari, ekologik barqarorlik, sunʼiy intellekt etikasi kabi dolzarb yoʻnalishlardagi tashabbuslari alohida eʼtirof etilgan. Ayniqsa, “maʼrifat orqali tinchlik” gʻoyasi, madaniyatlarni bogʻlovchi koʻprik sifatidagi siyosiy-ijtimoiy yondashuv muhim nuqta sifatida qayd etilgan.

Bunda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy kabi buyuk allomalar merosining butun bashariyatga xizmat qiluvchi umuminsoniy gʻoyalar manbai ekani ham taʼkidlanadi. Oʻzbekiston shu maʼnaviy merosni zamonaviy global muloqot bilan uygʻunlashtirayotgan mamlakat sifatida talqin etilgan.

Xulosada Oʻzbekiston jadal surʼatlar bilan mintaqada taʼlim, madaniyat va ilm-fan markaziga aylanib borayotgani qayd qilinadi. Bu jarayon Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida bildirgan fikrlari bilan uzviy uygʻun ekani taʼkidlanadi.

Manba:OʻzA

Check Also

Bagʻrikenglik va maʼrifat qadri: Markazda munosib eʼtirof

16-noyabr – Xalqaro diniy bagʻrikenglik kuni munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tantanali taqdirlash …