Home / FOTO LAVHALAR / Ilm – jaholatdan yagona najot

Ilm – jaholatdan yagona najot

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Jizzax davlat politexnika institutida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda jaholat va vayronkor gʻoyalarga qarshi kurashishda ilmning oʻrni, insonni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi maʼrifatning hal qiluvchi roli haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Markaz ilmiy xodimlari ilmning inson qalbi va tafakkurini ravshanlantiruvchi kuch sifatidagi ahamiyati, ayniqsa, global oʻzgarishlar davrida yoshlar uchun zarur boʻlgan fikriy mustaqillik va maʼnaviy barqarorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Taʼkidlanganidek, obyektiv bilimlarga ega boʻlib, ishonchli manbalarga tayanish – har bir yigit-qiz uchun muhim maʼnaviy masʼuliyat. Chunki ilm poydevoriga suyanmagan jamiyat taraqqiyot yoʻlida barqaror ilgarilay olmaydi. Shunda kelib chiqqan holda, ishtirokchilarga radikal oqimlarning maqsad va manfaatlari, ularning yoshlar ongiga taʼsir koʻrsatish usullari hamda bunday xatarlarga qarshi maʼrifat orqali kurashishning ahamiyati batafsil tushuntirib berildi.

Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashdi. Ularga ilmning hayotdagi oʻrni, bilimni toʻgʻri tanlash mezonlari va bugungi axborot maydonida yoʻl qoʻyilayotgan manipulyativ taʼsirlardan himoyalanish usullari haqida amaliy tavsiyalar berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Samarqand – ilm, maʼrifat va maʼnaviy merosning uzilmas silsilasi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 19-noyabr kuni Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi …