Home / FOTO LAVHALAR / Axborot ochiqligi boʻyicha xalqaro trening boshlandi

Axborot ochiqligi boʻyicha xalqaro trening boshlandi

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va YUNESKO hamkorligida “Muloqot orqali hisobotdorlikni shakllantirish” loyihasi doirasida vazirlik va idoralar matbuot kotiblari uchun treninglar seriyasi boshlandi. Oʻquv Shveysariyaning Taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan tashkil etildi.

Mazkur treningda Markazimiz Matbuot xizmati rahbari Sherzod Mamatov ham ishtirok etmoqda.

Oʻquvda ishtirokchilarga fuqarolarning axborotdan foydalanish huquqiga oid xalqaro mezonlar, milliy qonunchilikning asosiy meʼyorlari, davlat organlarining ochiqlikka oid majburiyatlari, shuningdek, matbuot kotiblarining bu jarayondagi roli batafsil yoritib, xalqaro tajriba asosida sharhlab berilmoqda.

YUNESKO ekspertlari axborotga erishishning samarali tizimlari jamoatchilik ishonchi va davlat idoralari hisobdorligini kuchaytirishda muhim ekanini qayd etdi.

Shuningdek, strategik kommunikatsiyaning zamonaviy yondashuvlari, raqamli muhitda axborot tarqatish, ijtimoiy tarmoqlarda ishlashning asosiy tamoyillari hamda dezinformatsiya, feyk xabarlar va dipfeyklarga qarshi kurashish mexanizmlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar, guruhlarda esa turli vaziyatlar misolida tahlil va muhokamalar oʻtkazilmoqda.

YUNESKOning global tadqiqotlariga koʻra, muvofiqlashtirilgan kommunikatsiya va ochiq axborot siyosati dezinformatsiyaning oldini olishda muhim omil sanaladi.

Ushbu trening Oʻzbekistonda shaffoflikni taʼminlashda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish va oʻzaro kommunikatsiyani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oʻquv hafta oxirigacha davom etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Fin delegatsiyasi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Finlyandiya musulmonlari jamiyati imomi Ramil Belyayev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. …