Home / FOTO LAVHALAR / Maʼrifat – jaholatga qarshi eng oliy kuch

Maʼrifat – jaholatga qarshi eng oliy kuch

Urganch Davlat universitetida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan yoshlarda sogʻlom dunyoqarashni mustahkamlash, ularni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash hamda jamiyatda maʼrifat, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik qadriyatlarini keng targʻib etish maqsadida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, shiddat bilan oʻzgarayotgan bugungi axborot makonida yoshlarning mustaqil fikrlay olishi, har qanday mafkuraviy taʼsirga munosib yondasha oladigan ong immunitetiga ega boʻlishi juda muhim. Shu bois taʼlim va tarbiya jarayonida ularga maʼrifatparvarlik, ochiqlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik tamoyillarini chuqur singdirish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Muloqot davomida buyuk allomalar merosidagi ilmga daʼvat, halollik va insof, adolat, totuvlik va bagʻrikenglikka oid gʻoyalarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan fikrlar bildirildi. Bugungi kunda turli millatlar va dinlar vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashda ham ushbu meros gʻoyat muhim negiz ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida talabalarga bagʻrikenglik, tinchliksevarlik, turli fikrlarga xushyorona ochiq boʻlish, millataro va dinlararo hurmatni asrash kabi qadriyatlarni hayotda qoʻllash boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaziy Osiyo – umumiy kelajak uchun umumiy maʼnaviy-ilmiy asos

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – yangi davr ostonasida” nomli tahliliy maqolasi mintaqada kechayotgan siyosiy, …