26-oktyabr kuni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasidagi turizm va ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.


Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki xalq madaniyatining serqirra va boy namunalari namoyish etildi. Indoneziyalik mehmonlar Shayxontohur va Yunusxon maqbaralarini ziyorat qildi.


Tadbir ikki davlat oʻrtasidagi ilm-fan, madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz






