Damanhuri ARMADI – Raden Intan islom universiteti oʻqituvchisi (Indoneziya)
Bismillahir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
Avgust oyi boshida boshlangan ilmiy safarim yakunlab qoldi.
Bu yerda boʻlish, yashash, ishlash va muloqotlar qilishni sharaf deb bilaman. Soʻnggi ikki oy ilmiy hayotimda unutilmas xotira boʻlib qoladi. Jamoaning mehmondoʻstligi va samimiy munosabati esa safarimning eng yorqin taassurotlaridan biri boʻldi.
Shu qimmatli imkoniyatdan foydalanib, Markaz rahbariyati va jamoasining barcha aʼzolariga chuqur minnatdorlik bildiraman. Umid qilamanki, kelgusida Indoneziyadan koʻplab tadqiqotchilar kelib, Samarqand ulamolari merosini yanada chuqur oʻrganadi. Chunki bu zamindan yetishiib chiqqan allomalarning asarlari Indoneziya islomiy hayotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
Hozirgi tadqiqotim Imom Buxoriyning merosi bilan bevosita bogʻliq boʻlmasa-da, Markazdan u zot haqida oʻzim uchun yangi boʻlgan koʻp bilimlar orttirdim. Kelgusida siz bilan hamkorlikda Imom Abu Lays Samarqandiy va uning Indoneziyadagi ilm-fan rivojiga taʼsiri haqida maxsus tadqiqot olib borish niyatim bor.
Yana bir bor barchaga chin yurakdan tashakkur! Alloh taolo hammamizga ilm yoʻlida madad va baraka beraversin!
Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh.
Tas-ix: