Avvalo, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyatiga mazkur nufuzli muassasada ilmiy hamkor sifatida faoliyat yuritish imkonini bergani uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
Bu Markaz haqida ilk bor Oʻzbekiston delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida eshitganman. Delegatsiya aʼzolari markazlar faoliyati va Oʻzbekistonda islom merosini tiklash yoʻlidagi ishlar haqida maʼlumot berib, biz, malayziyaliklarni, jumladan meni ham, shu yerda tadqiqot olib borish uchun taklif qildi.
Tashkilotchilik psixologiyasi boʻyicha mutaxassis sifatida ushbu imkoniyatdan foydalanib, mehnat etikasi va maqsadga yoʻnaltirilgan mehnat jamoalarining xulqi va oʻzini tutishini oʻrganish uchun keldim. Bu ilmiy izlanishlarimning asosini tashkil etadi.
Ishonchim komilki, hadislarda, ayniqsa, Imom Buxoriy toʻplagan rivoyatlarda, juda koʻp qimmatli bilim va mavzular mavjud. Ushbu Markazda nafaqat Imom Buxoriy, balki koʻplab boshqa yirik ulamolarning boy ilmiy merosi saqlanadi. Amaliyotim davomida bu manbalarni imkon qadar keng oʻrganishga harakat qilaman.
Umid qilamanki, bu yerdagi izlanishlarim asosida hadislardagi gʻoyalardan ilhomlanib, bir kitob yozishga muvaffaq boʻlaman.
Soʻzim soʻngida Markazning barcha xodimlariga samimiy minnatdorlik bildiraman. Koʻrsatayotgan gʻamxoʻrlik va eʼtiboringizdan gʻoyat mamnunman.
Alloh barchangizga koʻpdan-koʻp xayru barakot ato etsin!
Tas-ix: