Yoshlar ongida sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, mafkuraviy tahdidlarga qarshi maʼrifat bilan kurashish, shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida navbatdagi targʻibot tadbiri Zomin tumanida tashkil etildi.
Unda tumandagi umumtaʼlim maktablar direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, maktab psixologlari, oʻqituvchilar hamda maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Usmonxon Muhammadiyev diniy radikal gʻoyalarning salbiy oqibatlari, sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirishda maʼrifatning oʻrni va yoshlar ongiga sogʻlom eʼtiqodni singdirish masalalari haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Ishtirokchilarga, shuningdek, “Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash hamda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mazmuni, unda belgilangan asosiy tamoyillar va jamiyatdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida mavzular boʻyicha tavsiyalar hamda amaliyotda foydalanish uchun tegishli koʻrsatmalar taqdim etildi.
Xuddi shunday tadbir tumandagi “Samsung” zavodida ishchi-xodimlar bilan ham oʻtkazildi.