MASHINA HAYDOVCHINING 66 ta ODOBIni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
(bularning aksi moʻmin-musulmon insonga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi!!!)
1) Mashinaga minishda yaxshi niyat bilan eng avvalo «Aʼuʻzu billaʻhi minash shaytonir rojiym!», «Bismillahir rohmanir rohiym!» deb, oʻng qoʻl bilan eshikni ochib, oʻng oyogʻini oldin bosib chiqishlik.
2) Mashinaga chiqayotib, salom berishlik.
3) Mashinaga minganda, qisqagina tilovat qilib, oʻtganlarning haqlariga duo qilib, belgilangan duolarini oʻqishlik.
4) Mashinada oʻzini xuddi birovning uyida yoki jamoatchilik joyida oʻtirgandek tutishlik.
5) Mashinani ichki va tashqi tomonlarini doim toza, ozoda va pokiza tutishlik.
6) Mashinaning texnik talablarini buzmasdan, ularga soʻzsiz va toʻliq rioya etishlik.
7) Mashinani har doim barcha joylari sozlangan va minishga yaroqli holda haydamoqlik.
8) Yoʻlga chiqishdan oldin ulugʻlar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar)ning duolarini olib chiqishlik.
9) Oʻzi yaxshi koʻrganni oʻzgalarga ham ravo koʻrishlik.
10) Bir-biriga nisbatan rahmdillik, mehr-oqibat, hurmat va bagʻrikenglik bilan muomala qilishlik.
11) Odamlar bilan muomalada hayo, uyatni unutmaslik.
12) Nafaqat insonlar bilan, balki hayvon, parranda, hasharotlar hatto oʻsimliklar bilan ham chiroyli xulq-odob bilan muomala qilishlik.
13) Oʻzidan kattalarni doim hurmat qilishlik.
14) Oʻzidan kichiklarni doim izzat qilishlik.
15) Hargiz va hargiz boshqalarga noqulaylik tugʻdirmaslik.
16) Hech kimga hech qayerda va hech narsaga jahl qilmaslik!
17) Atrofdagilar bilan doim shirinsuxan boʻlishlik!
18) Yoʻl asnosida atrofdagilarga biror savol bilan murojaat qilganda, javob bergan odamga minnatdorchilik izhor etishlik.
19) Mashina haydovchisi til, qoʻl, oyoq va boshqa harakatlar orqali ham boshqalarga ozor berishi dinimiz koʻrsatmalariga aslo toʻgʻri kelmaydigan amal. Chunki bunday ishlar muborak oyati-karimalar va hadisi-shariflarda qattiq qoralangan.
20) Yoʻl harakat qoidalari va yoʻlda yurish odoblariga toʻliq va din-diyonat bilan rioya qilishlik.
21) Mashina bilan ham kechayu-kunduz OTA-ONANING xizmatlarini ogʻrinmasdan, mehr bilan bajarib, ULARNING bebaho, beqiyos va betakror duolarini olishlik.
22) Ulugʻlar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar) ning hurmatlarini joyiga qoʻyishlik.
23) Ulugʻlar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar) ga nisbatan beodoblik qilmaslik.
24) Ulugʻlar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar) oldilaridan imkon qadar kesib oʻtmaslik. Mabodo shunga majbur boʻlib qolgan holda, uzr aytib, kechirim soʻrashlik.
25) Ulugʻlar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar) ning imkon qadar oldilariga tushib yurmaslik. Mabodo shunga majbur boʻlib qolgan holda, uzr aytib, kechirim soʻrashlik.
26) Oʻz aka-uka, opa-singillariga Mashina bilan ham mehribonlik qilib, doim xizmat-yumushlarini beminnat ado etishlik.
27) Qavm-qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda boʻlib, issiq-sovuq kunlarida Mashina bilan ham beminnat xizmat qilishlik.
28) Qoʻni-qoʻshnilar bilan chiroyli muomala qilib, issiq-sovuq kunlarida ham, ular ehtiyoj sezganlarida ham mashina bilan ham beminnat xizmat qilishlik.
29) Inson zotini manfaati koʻzlab oʻrnatilgan tartib-qoidalarga insof bilan, din-diyonat bilan rioya etishlik.
30) Inson zotini manfaati koʻzlab qoʻyilgan yoʻl belgi (znak)lar talablarini hamda svetofor ishoralarini buzmaslik.
31) Ogʻir boʻlib, bosiqlik va sabr bilan yurishlik.
32) Sira ham shoshilmaslik, zero shoshilish – shaytondandir.
33) Juda sekin ham harakatlanmaslik.
34) Kasalxona, qabriston, masjid, maktab va shu kabi joylarda imkon qadar signal chalmaslik.
35) Kasalxona, qabriston, masjid, maktab va shu kabi joylarda video-ovoz chiqarish uskunalarini ovozini keskin pasaytirishlik.
36) Agar mutlaqo oʻchirib qoʻyilsa, yanada ulugʻroq boʻladi.
37) Har qanday katta-kichik yoʻldagi har qanday qabristonning ham yonidan oʻtganda, tezlikni sezilarli darajada pasaytirishlik.
38) Kasalxona, qabriston, masjid, maktab va shu kabi joylarda imkon qadar sekinroq harakatlanishlik.
39) Har qanday katta-kichik yoʻldagi qabristonning yonidan oʻtganda, oʻtganlarimizning haqlariga duo qilishlik.
40) Har qanday katta-kichik yoʻldagi har qanday kasalxonaning yonidan oʻtganda, barcha bemorlarning haqlariga duo qilishlik.
41) Quloqchin (naushnik) ishlatmaslik.
42) Imkon qadar telefon bilan gaplashmaslik.
43) Harakat davomida oynadan boshqa haydovchilar va yoʻlovchilar bilan gaplashmaslik.
44) Mashina oynasidan turli narsalarni tashlab yubormaslik.
45) Boʻlar-boʻlmasga signal chalmaslik.
46) Mashinadagi (video, ovoz chiqarish) uskunalarini ovozini baland qoʻyish bilan oʻzgalarga ozor bermaslik.
47) Koʻpchilik harakatlanayotgan joyda yurganda jamoatchilik odoblariga rioya qilish lozim.
48) Ehtiyojmandlarga tez-tez xayr-ehson, sadaqa qilib turishlik.
49) Uyda, koʻchada va barcha jamoat joylarida biror narsa umidvor boʻlib, soʻrab kelgan insonni quruq qaytarmaslik.
50) Koʻpchilik harakatlanayotgan joylar ham xuddi majlislar kabidir. Ularda ham majlislar odoblariga rioya qilgan kabi odob-axloq meʼyorlariga rioya etish lozim boʻladi.
51) Yoʻl harakati asnosida ham Yongʻin xavfsizligi, Tez tibbiy yordam va shu kabi tashkilotlarning Mashinalariga imkon qadar yoʻlni tezroq boʻshatib qoʻyish lozim.
52) Mashina haydovchisi shovqin-suron, baqir-chaqir qilmasligi ham odobdandir. Zero baqir-chaqir, shovqin-suron qilishlik musulmon kishilarga mutlaqo yarashmaydi.
53) Haqiqiy moʻmin-musulmon kishi qachon, kimning oldida va qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, oʻzini yuksak odob doirasida tutadi.
54) Kechki paytda boshqa haydovchilarning hamda piyodalarning koʻzlarini qamashtiradigan darajada yoritgichlarni yoqib yurmaslik.
55) Yoʻlda sarson boʻlib, qiynalib turganlarga imkon qadar koʻmaklashib, yordam berishlik – haqiqiy moʻmin-musulmon kishining eng savobli ishlaridan hisoblanadi. Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Kim bir musulmonga bu dunyoda yordam bersa, Alloh Oxiratda unga yordam qiladi”.
56) Borayotgan manzilga bir oz yetmasdan 10-20 metr oldin toʻxtashlik.
57) Borayotgan manzilda mabodo odamlar toʻplangan joy boʻlsa, undan kamida 20-30 metr oldin toʻxtashlik.
58) Borgan manzilga mashinani oʻsha joyning eshigi, darvozasi, kirib-chiqish joyiga roʻpara qoʻymaslik hamda atrofdagi odamlar va boshqa Mashinalarga ham har tomonlama xalaqit bermaydigan darajada qilib qoʻyishlik.
59) Kishi bilan xayrlashganda odamning oldida eshikni qattiq yopmaslik. Imkoni boʻlsa, bir oz yurgandan keyin yopishlik.
60) Uyga kelganda kelganini bildirish uchun yoki eshik, darvozani ochishlari uchun Mashina signali bilan yoki oʻz ovozi bilan boshqalarga ozor bermaslik.
61) Avtoulovni duch kelgan joyda qoldirmasdan, boshqalarga zarar bermaydigan joyni tanlash lozim.
62) Turli jamoat joylari (kasalxona, bozor, maktab, masjid, savdo markazlari, avtoturargoh va hokazo)da mashinani juda katta diqqat va nihoyatda jiddiy eʼtibor bilan, mashinalarga ham, odamlarga ham mutlaqo ozor yetkazmaydigan holda qilib qoʻyishlik.
63) Hatto oʻz uyining, oʻz ishxonasining oldiga ham qoʻshnilar, yoʻlovchilarga aslo ozor bermaydigan qilib qoʻyishlik.
64) Biror joyga mehmonga borganda ham yoki biron yumush bilan toʻxtaganda ham mashinani qoʻshnilar, yoʻlovchilarga aslo ozor bermaydigan, birovlarni yoʻlini toʻsib qoʻymaydigan qilib qoʻyishlik.
65) Manziliga yetib borganidan keyin, Xudoga shukr qilib, mashinaga ham minnatdorchilik izhor etiladi.
66) Oʻzidagi mavjud ulovga doim shukr qilishlik.
Mehribon Parvardigorimiz oʻzlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Oʻzi buyurgan, Janobi Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, oʻtmishda oʻtganlarimizning ruhlari shod boʻladigan, xalqimiz xursand boʻladigan, ota-onalarimiz rozi boʻladigan yoʻllardan yurishimizni nasib etsin!