Home / FOTO LAVHALAR / Yoshlar tarbiyasiga sidqidildan yondashish – ham qarz, ham farz

Yoshlar tarbiyasiga sidqidildan yondashish – ham qarz, ham farz

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi hamkorligida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan “Diniy ekstremizm va radikallashuvning oldini olish” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Diniy erkinlikni taʼminlash, davlat va diniy tashkilotlar oʻrtasidagi munosabatlar, ekstremistik gʻoyalarga qarshi kurashish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan mazkur tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jonibek Jumayev maʼruza qilib, Vatanga sadoqat, yurt tinchligi, mamlakatimizda inson manfaatlari yoʻlida olib borilayotgan islohotlar va keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik, yosh avlod turli buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olishga oid masalalar, shukronalik tuygʻulari haqida fikr yuritdi.

Ishtirokchilar bilan muloqot chogʻida mamlakatimizda barqaror taraqqiyotni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, bagʻrikenglik qadriyatlari ustuvorligiga asoslangan demokratik jamiyat qurish yoʻlida birlashish va oilada farzandlar tarbiyasiga sidqidildan yondashish ham qarz, ham farz ekanligi taʼkidlandi.

Tadbir koʻtarinki kayfiyatda, yuksak maʼnaviy ruhda oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Harbiylar bilan maʼrifiy suhbat: Jaholatga qarshi kurash

Yoshlar ongida sogʻlom eʼtiqodni shakllantirish, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglik …