Home / FOTO LAVHALAR / Kelajak bunyodkorlari – Markazda

Kelajak bunyodkorlari – Markazda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor: Madaniy meros va dinlararo muloqot” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

 

Unda Markaz ilmiy xodimlari, ixtisoslashtirilgan maktabning ustoz va oʻquvchi yoshlari ishtirok etdi. Yigit-qizlarimizning jahon andozalariga mos darajada bilim olishini, jismonan va maʼnan yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishini taʼminlash, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuygʻularini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar silsilasining uzviy boʻgʻinlaridan biri boʻlgan ushbu tadbirda Markaz ilmiy xodimlari Jonibek Jumayev va Bayozxon Mahmudov qatnashchilarga mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar xususida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqida soʻzladi. Mazkur konsepsiyadagi koʻrsatmalar, koʻp millatli Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashda muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

Oʻquvchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Shundan soʻng mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kutubxona va muhaddislar sultoni boʻlmish Imom Buxoriyning hayoti va ijodiga bagʻishlangan muzey yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ulugʻ allomalar merosi — maʼnaviy qudratimiz asosi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida buyuk allomalarimiz hayoti va ilmiy …