Home / VIDЕOLAR / Mirzo Ulugʻbekka aloqador yangi maʼlumotlar topildi

Mirzo Ulugʻbekka aloqador yangi maʼlumotlar topildi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefakt va mulyajlar bilan boyitish maqsadida yaratilgan media loyihalar muhokamasida qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbekka aloqador yangi maʼlumotlar topilgani haqida maʼlumot berildi.

Bu borada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev fikrlari bilan tanishing.

“Ikkinchi renessans davridagi allomalar merosini oʻrganish jarayonida bir qancha yangi dalillarga duch keldik. Mirzo Ulugʻbekning sevimli shogirdi Ali Qushchi oʻzining esdaliklarida: “Yulduz turkumlarini oʻrganishdan ilgari besh metrlik quyosh soati yonida ustoz bilan bu masalani muhokama qildik”, deb yozadi. Demak, Mirzo Ulugʻbek observatoriyasida shunday yirik quyosh soati boʻlgan. Undan vaqtning qismlarini aniqlash va u orqali osmon jismlari harakatini kuzatishda foydalangan. Muhokamada mana shu asbobning ham maketini tayyorlash kerakligi kun tartibiga qoʻyildi. Bu boʻyicha nima qilish kerak…”

Tas-ix:

Check Also

KISHILARGA OZOR BERMASLIK

Tas-ix: