Home / VIDЕOLAR / “BU MASKANDA ILM VA ALLOMA AJDODLARGA EHTIROM BARHAYOT”

“BU MASKANDA ILM VA ALLOMA AJDODLARGA EHTIROM BARHAYOT”

Xolid FATHURRAHMONTaʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (ISESCO) huzuridagi Madaniyatlararo muloqot markazi direktori

Bismillahir rohmanir rohiym

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga kelishni oʻzim uchun juda katta sharaf deb bilaman. Islom olamining doimiy eʼtiborida boʻlgan bu maskanning kelajagi porloq.

Markazda Imom Buxoriy maqomiga mos ravishda, u zotning hadisi sharif va sunnati nabaviya ilmi rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi doirasida ilmiy izlanishlar olib borilayotganiga guvoh boʻlib turibman. Bu dargohda u zotdan boshqa buyuk muhaddislar merosi ham oʻrganilayotgani bizni yana ham quvontiradi.

Markazga Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya doirasida kelishga muyassar boʻldik. Muassasadagi ilmiy faoliyat Imomul hudaning merosi doirasidagi ilmiy tadqiqotlar bilan ham chambarchas bogʻliq ekaniga shohid boʻlib turibmiz.

Imom Moturidiy – chuqur mantiq va benazir aqlu zakovati bilan islom ummati uchun eng toʻgʻri aqidaning nazariy va amaliy yoʻnalishlarini belgilab bergan alloma. U zotning gʻoyalari koʻplab ilmiy tadqiqotlar va istiqbolli loyihalarga tamal toshi qoʻygan va bu jarayon hamon davom etmoqda.

Yaqin oylarda Markazingiz bilan Imom Buxoriy ilmiy merosiga bagʻishlab yirik xalqaro anjuman oʻtkazishni rejalashtiryapmiz. Bu tashkilotimizning boshqa ilmiy markazlar bilan hamkorlik, birdamlik va oʻzaro yordam tamoyillari doirasidagi faoliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Alloh barchangizdan rozi boʻlsin. Tashakkur.

Tas-ix:

Check Also

Misrlik taniqli ulamolar tashrifi

Tas-ix: