Home / FOTO LAVHALAR / “Amir Temur – buyuk davlat va siyosat arbobi”

“Amir Temur – buyuk davlat va siyosat arbobi”

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabida 9-aprel – Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk davlat va siyosat arbobi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari J.Jumayev va B.Mahmudov ishtirok etdi.

Tadbir davomida Amir Temurning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, sarkarda davridagi ilm-fan, madaniyat hamda taʼlim rivoji haqida soʻz yuritildi. Oʻzbek milliy davlatchiligi taraqqiyotida temuriylar davrining oʻziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida tushuncha berildi. Bobokalonimizning adolatparvarlik, halollik, mardlik va vatanparvarlik fazilatlari madh etildi. Yosh avlod maʼnaviy dunyoqarashini oshirishda Amir Temurning maʼnaviy merosi, xususan, “Temur tuzuklari”ning oʻrni beqiyos  ekani eʼtirof etildi. 

Talabalar ham oʻz navbatida buyuk sarkardaning yoshlik davridayoq Qurʼoni karimni yod olgani, tafsir, fiqh ilmini chuqur oʻrgangani, shariat ilmida olim boʻlgani haqidagi bilimlari bilan oʻrtoqlashdi.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir talabalarning ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish bilan bir qatorda ularda buyuk ajdodlarimizga boʻlgan yuksak ehtirom tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.   

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xalqaro simpozium – qoʻlyozmalar tadqiqining yangi ilmiy bosqichi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida oʻtkazilayotgan “Qoʻlyozma asarlarga egalik va ularning yoyilishi: Imom Buxoriy va …