Home / FOTO LAVHALAR / TARBIYAGA BARCHA MASʼUL

TARBIYAGA BARCHA MASʼUL

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi targʻibotchilari 29 noyabr kuni Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanida boʻldi.

“Navroʻz”, “Tutzar” “Nurli jol” va “Jayhun” mahallalari ahli ishtirokida tashkil etilgan tadbirlarda maʼruzachilar tomonidan ayrim yoshlarimizning turli radikal gʻoyalar taʼsiri tushib qolayotgani, har xil sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali noxolis maʼlumotlar olib, ongi zaharlanayotgani xavotirli ekani, buning oldini olish uchun ota-onalar farzandlar tarbiyasiga yanada eʼtiborliroq boʻlishi lozimligi tushuntirib oʻtildi.

Tadbirlar Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining Nukus konchilik instituti hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida ham tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida

“Imom Buxoriy va musulmon olamidagi ilm-fan (2025)” xalqaro anjumani oʻz ishini ikkinchi kun ham qizgʻin …