Home / MAQOLALAR / BUNDAN KЕYIN UCHRASHMASAK, UCHRASHADIGAN JOYIMIZ – MAHSHARGOH BOʻLSIN…

BUNDAN KЕYIN UCHRASHMASAK, UCHRASHADIGAN JOYIMIZ – MAHSHARGOH BOʻLSIN…

Muhammad aytganlar: “Muhammad ibn Ismoilning: “Basraga borganimda Bundorning ilm halqalarida qatnashdim. Koʻzlari menga tushganda: “Yigit qayerdanlar?” – deb soʻradilar. “Buxoro ahlidanman”, – dedim. “Abu Abdullohni qanday qilib tashlab kelolding?!” – dedilar. Jim turdim. Shunda kimdir: “Alloh sizga rahmatini yogʻdirsin, shu kishi – Abu Abdullohning oʻzlari”,   dedi. Oʻrinlaridan turib, qoʻlimdan ushlab quchoqladilar. Soʻngra: “Necha yillardan buyon faxrlanib yurganim, xush kelibsiz!” – dedilar”, – deganlarini eshitdim”.

   Muhammad aytganlar: “Homid ibn Ismoildan eshitdim. U kishi Muhammad ibn Bashshorning: “Basraga birodarimiz Abu Abdullohdek hadis bilimdoni kelgani yoʻq”, – deb, Imom Buxoriy ketmoqchi boʻlganlarida xayrlasha turib: “Ey Abu Abdulloh, bundan keyin uchrashmasak, uchrashadigan joyimiz – mahshargoh boʻlsin”, – deganlarini eshitganlar”.

   Hofiz Abu Quraysh Muhammad ibn Jumʼa aytganlar: “Muhammad ibn Bashshorning: “Dunyoda mukammal hadis bilimdonlari toʻrtta: Rayda Abu Zurʼa, Samarqandda Dorimiy, Buxoroda Muhammad ibn Ismoil, Naysoburda Muslim”, – deganlarini eshitdim”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

Inson vafotidan keyin ham savobi yetib turadigan amallar

Bir hadis sharhi Inson bu dunyoda mehmon, har bir jon egasi bir kun kelib bu …