Home / MAQOLALAR / AGAR SIZ BOʻLMAGANINGIZDA, BUXORODA YASHASHIMNING MAʼNOSI QOLMAS EDI…

AGAR SIZ BOʻLMAGANINGIZDA, BUXORODA YASHASHIMNING MAʼNOSI QOLMAS EDI…

Abu Jaʼfar aytganlar: “Yahyo ibn Jaʼfar Paykandiy Muhammad ibn Ismoilga: “Agar siz boʻlmaganingizda, Buxoroda yashashimning maʼnosi qolmas edi”, – deganlar”.

   Umar ibn Hafs Ashqar aytganlar: “Abdonning Muhammad ibn Ismoilni qoʻllari bilan koʻrsatib: “Koʻzim bilan mana shu yigitdan koʻra donoroqni koʻrmadim”, – deganlarini eshitdim”.

   Solih ibn Mismor Marvaziy aytganlar: “Nuʼaym ibn Hammodning: “Muhammad ibn Ismoil bu ummatning faqihidirlar”, – deganlarini eshitdim”.

   Ibrohim ibn Xolid Marvaziy aytganlar: “Musaddad: “Ey Xuroson ahli, boshqa birovni Muhammad ibn Ismoildan ustun qoʻymanglar”, – der edilar”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

Imom Buxoriy merosida halol rizq va ijtimoiy adolat

Inson hayotida rizq va uni topish manbalari azaldan muhim ijtimoiy va axloqiy masalalardan biri boʻlib …