Home / MAQOLALAR / BASRALIK MAʼRIFAT AHLI YoSHGINA BUXORIYNING ORTLARIDAN HADIS YOZIB OLMOQLIK UCHUN CHOPISHARDI…

BASRALIK MAʼRIFAT AHLI YoSHGINA BUXORIYNING ORTLARIDAN HADIS YOZIB OLMOQLIK UCHUN CHOPISHARDI…

Muhammad ibn Abu Hotim Varroq aytganlar: “Hoshid ibn Ismoil va yana bir kishining: “Abu Abdulloh Buxoriy yigitlik chogʻlari biz bilan birga Basra shayxlarining darslariga qatnardilar. Bir necha kun oʻtsa-da, biror narsa yozmadilar. U kishidan: “Sen biz bilan qatnaysanu, lekin hech narsa yozmaysan, nima qilasan oʻzi?”    deb soʻrardik. Oradan oʻn olti kun oʻtgach, bizga: “Sizlar bu savolni menga bir necha marta berdingizlar. Nima qilishim haqida koʻp soʻradingizlar. Yozganlaringizni menga koʻrsatingizlar-chi”, – dedilar. Biz yozganlarimizni u kishiga uzatdik. Yozgan hadislarimiz oʻn besh mingdan ortiq boʻlgan ekan. U kishi shuncha hadisni yoddan aytib berdilar. Hatto biz u kishidan xatolarimizni tuzatib oldik. Soʻngra: “Sizlar meni vaqtini bekorga oʻtkazib, borib-kelyapti deb oʻylayapsizlarmi?!” – dedilar. Oʻshanda u kishiga hech kim tenglasha olmasligini bilganmiz”, – deganlarini eshitdim”.

   Muhammad ibn Abu Hotim Varroq aytganlar: “Hoshid ibn Ismoil va yana bir kishining: “Basralik maʼrifat ahli yoshgina Buxoriyning ortlaridan hadis yozib olmoqlik uchun chopishardi. Hatto iltimos qilib hol-jonlariga qoʻyishmasdi. Minglab odamlar u kishini yoʻllarda oʻtirgʻizib, u kishi rivoyat qilgan hadislarni yozib olishardi. Oʻshanda Muhammad yuzlariga hali tuk chiqmagan yosh yigit edilar”, – deganlarini eshitdim”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA FAOLIYAT YURITGAN MUHRKANLARGA OID AYRIM MAʼLUMOTLAR

XX asrga kelib islom sanʼatiga oid tadqiqotlar jadal rivojlanganiga qaramasdan, muhrlar borasida izlanishlar juda ozdir. …