Home / MAQOLALAR / HAR BIR HADIS YOZISHDAN OLDIN GʻUSL VA IKKI RAKAAT NAMOZ…

HAR BIR HADIS YOZISHDAN OLDIN GʻUSL VA IKKI RAKAAT NAMOZ…

Subhanalloh!

   Xalaf Xayyom aytganlar: “Ibrohim ibn Maʼqildan eshitdim. U kishi Buxoriyning: “Isʼhoq ibn Rohavayhning huzurlarida edim. U kishining yonlarida oʻtirganlardan bir kishi: “Qaniydi, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini toʻplagan muxtasar bir kitob jamlaganlaringizda edi”,   dedi. Oʻshanda koʻnglimga hadislarni toʻplash niyati keldi va ularni yigʻa boshladim”, – deganlarini eshitgan ekanlar”.

   Yana yuqoridagi sanad bilan Buxoriy aytganlar: “Men bu kitobimni 600 ming hadisdan saylab oldim”. Farabriy xabar berib shunday dedilar: “Menga Muhammad ibn Ismoil: “Men “Sahihi Buxoriy”ga qaysi hadisni yozgan boʻlsam, undan oldin gʻusl qilib, ikki rakaat namoz oʻqirdim”, – dedilar”.

   Ibrohim ibn Maʼqil xabar berdilar: “Buxoriyning: “Bu kitobimga faqat sahih boʻlgan hadislarni kiritdim. Kitob choʻzilib ketmasligi uchun kiritilmagan sahih hadislar ham bor”, – degan soʻzlarini eshitdim”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA FAOLIYAT YURITGAN MUHRKANLARGA OID AYRIM MAʼLUMOTLAR

XX asrga kelib islom sanʼatiga oid tadqiqotlar jadal rivojlanganiga qaramasdan, muhrlar borasida izlanishlar juda ozdir. …