Home / YANGILIKLAR / Xalqaro konferensiyada Markaz olimi ilmiy maʼruza qildi

Xalqaro konferensiyada Markaz olimi ilmiy maʼruza qildi

Yaqinda poytaxtimizda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamkorligida “2022 yil — Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”ga bagʻishlab oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekiston: barqaror rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy-siyosiy masalalari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev ham ishtirok etib, “Fanda tolerantlik va intolerantlik” mavzusida maʼruza qildi.

Notiq maʼruzasida ilm-fan taraqqiyotidagi koʻpfikrlilik va plyuralistik yondashuvlarning amaliy qiymatiga alohida eʼtibor qaratib, tafakkur erkinligining Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdagi ahamiyatining ilmiy asoslarini koʻrsatib berdi.

Maʼruzachi konferensiya ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Zamon tahdidlariga qarshi maʼnaviy yechim

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boshlangʻich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi …