Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan buyuk ajdodimiz, moturidiylik taʼlimoti asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning Qurʼoni karim tafsiriga bagʻishlangan mashhur “TAʼVILOT AL-QURʼON” asarining 30-juzi ilk marta oʻzbek tiliga tarjima qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan amalga oshirilgan va dunyoning yetakchi ulamolari tomonidan eʼtirof etilgan ushbu tarjima xalqimiz maʼrifatini yanada oshirishga xizmat qiladi, inshaAlloh.