Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand Davlat chet tillar institutida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” turkumida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi. Uchrashuv yoshlarning ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, turli yot gʻoyalarga qarshi immunitetini kuchaytirish, jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik hissini oshirish maqsadida tashkil etildi. Markaz ilmiy xodimlari huquqni muhofaza qilish organlari vakillari …
BatafsilMonthly Archives: Fevral 2025
XUROSON MAVOLIYLARI VA ULARNING HADIS ILMI RIVOJIDAGI OʻRNI 2-QISM
Xuroson mintaqasidagi asar sohibi boʻlgan mavoliy muhaddislar Ato ibn Abu Muslim (Abdulloh) Xurosoniy, mavlo Muhallab ibn Abu Sufra (vaf. 135/752) Abu Ayyub kunyasiga ega boʻlgan Ato ibn Abu Muslim, Azd qabilasidan Muhallab ibn Abu Sufraning mavlosidir[1]. Asli Xurosonning Balx shahridan[2]. Otasining Abdulloh ismi yonida Maysara ismi bilan ham qayd etilgani …
BatafsilIXTILOF FOYDALI NARSAMI?
Ixtilof lugʻatda “har xillik” degan maʼnoni anglatadi. Sharʼiy istilohda esa mujtahidlarning biror fiqhiy masalada har xil qarashlari tushuniladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shuni nazarda tutib: “Olimlarning ixtilofi ummatim uchun rahmatdir”, deganlar. Islom olamida mazhab (barcha fiqhiy masalalarning yechimi jamlagan dastur)lar toʻrttadan oshmaydi. Ular hanafiy, shofeʼiy, molikiy va hanbaliy mazhablaridir. Mana …
BatafsilHADISLARNI TOʻGʻRI ANGLASHNING OʻZIGA XOS USULLARI
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislari har bir musulmon uchun Qurʼoni karim oyatlari kabi muhim ahamiyatga ega. Ammo hadislarni toʻgʻri tarjima qilish, maʼnosini tahlil qilib, mohiyatini toʻgʻri tushunishga hammaning ham ilmiy salohiyati yetarli emas. Shu sababli ota-bobolarimiz sharʼiy masalalarga doir yechimlarni oyat va hadislardan mustaqil ravishda oʻzlari olishga intilmagan. Aksincha, …
BatafsilBuxoriyga ehtirom
Said ibn Abu Maryam, Nuaym ibn Hammod, Humaydiy, Hajjoj ibn Minhol, Ismoil ibn Abu Uvays, Adaniy, makkalik Hasan Xallol, Muhammad ibn Maymun (Ibn Uyaynaning shogirdi), Muhammad ibn Alo, Ashaj (Abu Said Abdulloh ibn Said ibn Husoyn), Ibrohim ibn Munzir Hizomiy, Ibrohim ibn Muso Farro kabi hadis ilmida kamolotga yetgan yoshi …
BatafsilHAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Misr Arab Respublikasidagi vakili, “Ash-Shaʼlon” Qurʼon tadqiqotlari jamgʻarmasi raisi doktor Abdulloh Husayn Shaʼlon Misr vaqf ishlari vaziri professor, doktor Usoma Azhariy bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida Markaz bilan mazkur vazirlik oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Doktor Usoma Azhariy Imom Buxoriy xalqaro …
BatafsilXUROSON MAVOLIYLARI VA ULARNING HADIS ILMI RIVOJIDAGI OʻRNI
Islomni yetkazish va bayon qilish vazifasi yuklatilgan Paygʻambarimiz (s.a.v) va birinchi navbatda xitob qilingan qavm arablar ekani maʼlum. Ammo Islom faqat bir xalqqa emas, balki butun insoniyatga yuborilgan, yaʼni umuminsoniy din ekani va buning amalga oshishi uchun oʻz izdoshlarini masʼul qilgani ham alohida haqiqatdir. Shuningdek, bu masʼuliyatni anglagan ilk musulmon …
BatafsilILK YANGI TARIX DAVRIDA MARKAZIY OSIYODA AMIR TEMUR SHAXSINI QAYTA JONLANTIRISH HARAKATLARI
📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida o‘tkazilayotgan qator ilmiy ma’ruzalarni o‘zida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. 👤 Bu galgi seminarda AQSHning Indiana universiteti Hemilton Lugar nomidagi Global va xalqaro tadqiqotlar …
BatafsilTAOMLANISH SIRLARI (4-qism)
TAOMLANISH SIRLARI (7 qismdan iborat)ni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar: XALQ MAQOLLARI: Chaqirilgan yerga bor, chaqirilmagan yerda senga nima bor? Nafsini tiygan kishi sulton boʻlur, nafsini tiymagan kishi ulton boʻlur. Nafsini tiygan – valiy. Nokasning oʻzi toʻysa ham, koʻzi toʻymas. Non ham – non, ushogʻi ham – non. Non bolasi …
Batafsil“Oltin asrga sayohat”
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning “TRT El Arabiya” teleradiokanali ijodiy guruhi tomonidan shu nomli hujjatli filmning tegishli qismi suratga olinmoqda. Movarounnahr zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar – Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning boy ilmiy merosini keng jamoatchilikka tanishtirishga qaratilgan kinoasarning Imom Buxoriyga oid qismida Markaz …
Batafsil