Home / 2025 / Fevral (page 4)

Monthly Archives: Fevral 2025

Markaz salohiyatining eʼtirofi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziyaning SIRIM akademiyasi (Standard and Industrial Research Institute of Malaysia) vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlar Oʻzbekiston bilan Malayziya oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yoʻnalishida turizm boshqaruvi va soha marketingini takomillashtirish, shuningdek, mamlakatimizda musulmonlarning doʻstona turizmi (Muslim-friendly tourism) standartlarini joriy etish imkoniyatlarini oʻrganib, bu borada yurtimiz boʻylab mutaxassislar …

Batafsil

Hamkorlik – keng imkoniyatlar eshigi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziyaning Sharif Hidoyatullo Davlat islom universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Ayni kunlarda delegatsiya aʼzolari “Hadis ilmida musulmonlar amiri Imom Buxoriy merosini oʻrganish yoʻlida: Indoneziyaning 1000 nafar izlanuvchisi” nomli maʼrifiy-sayyohlik dasturining ilk qatnashchilari sifatida mamlakatimizda mehmon boʻlib turibdi. Dastur indonez xalqi orasida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib …

Batafsil

NOGIRONLIGI BOR (IMKONIYATI CHEKLANGAN) ROVIYLAR

Insoniyatning paydo boʻlishidan buyon hayotning bir haqiqati sifatida mavjud boʻlgan nogironlik holati ayrim eʼtiqod va jamiyatlarda shaxsning kamchiligi va nuqsoni sifatida qabul qilingan, baʼzi hollarda jamiyatdan izolyatsiya qilinib, nogironning yanada qiyin shart-sharoitlarda hayot kechirishga sabab boʻlgan. Ammo buning aksi oʻlaroq islom dini ham jamiyat hayotida, ham diniy hayot qoidalari doirasida …

Batafsil

Markazda yangi tarjima loyihasi boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Misr Vaqf ishlari vaziri, fazilatli doktor Usoma Azhariyning “Dinni o‘yin qiluvchilarga raddiya mavzusida ochiq haqiqat” kitobini arab tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilishni boshlaganini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi. Shu munosabat bilan Markaz rahbariyati Vaqf ishlari vaziriga kitobni tarjima qilish huquqini bergani uchun chuqur minnatdorlik bildiradi. Tas-ix: …

Batafsil

Majmuada “Jannat bogʻi” boʻladi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yaponiyalik tadbirkor, “Nakane Garden Research and Consultant Co. LTD” korxonasi bosh arxitektori Nakane Yukixigo rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib olib, faoliyat natijalari haqida maʼlumot berdi. Delegatsiya aʼzolari Markaz muzeyi bilan yaqindan tanishib, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi xususida batafsil …

Batafsil

SUGʻDIY YOZMA YODGORLIKLAR GRAFIK FONDINI YARATISH MASALASI

Markaziy Osiyo tarixi qadim tarixga ega mintaqa hisoblanadi. Mintaqa tarixiga doir maʼlumotlar yunon-rim, arman, fors, pahlaviy, hind, elam, xitoy, turkiy, baqtriy, arabiy tilli koʻplab manbalarda yetib kelgan. Ushbu manbalarning katta qismi Markaziy Osiyo xalqlari muhitidan tashqarida yoki bir necha asrlar keyin yozilgan. Shu bois, Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekiston xalqlari tarixini …

Batafsil

OʻZINGIZNI QATʼIYATLI BOʻLISHGA TAYYORLANG!

(Bir hadis sharhi) Dinimiz inson shaxsiyatini shakllantirishda aqlga tayanish, odamlarga koʻr-koʻrona taqlid qilmaslik, har bir chaqiriqqa ergashib ketavermay mulohaza bilan ish koʻrishni muhim omillardan deb biladi.  عَنْ حُذَيْفَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ‏ «‏ لاَ تَكُونُوا إِمَّعَةً تَقُولُونَ إِنْ أَحْسَنَ النَّاسُ أَحْسَنَّا وَإِنْ ظَلَمُوا ظَلَمْنَا وَلَكِنْ وَطِّنُوا …

Batafsil

Xorijiy tillarni oʻrganish va taʼlim muammolari muhokamasi

19-fevral kuni Toshkentda Oriyental universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xorijiy tillar tadqiqi va taʼlimi muammolari” mavzusiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi. Dunyo miqyosidagi nufuzli taʼlim va tadqiqot muassasalari vakillari, professor-olimlar, mutaxassis va tadqiqotchilar qatnashayotgan nufuzli anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov ham onlayn …

Batafsil

Sheʼriyatning oliy mutasavvifi, tasavvufning aʼlo shoiri

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida navoiyxonlik kechasi tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Hadis ilmi maktabining ustoz va talabalari, Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari, taʼlim sohasi faxriylari, ilmiy jamoatchilik va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirda aka-uka tadqiqotchilar Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajidning “Navoiydan chu topqaylar navoe” kitobi asosida shoirning sheʼriyat …

Batafsil

Amir Temur – buyuk qahramon va adolatli hukmdor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Turkiya va AQSHdan olimlar ishtirok etdi. Seminarda AQSHning Indiana universiteti Hemilton Lugar nomidagi Global va …

Batafsil