Home / ALLOMALAR / Samarqand ziyoratgohlari turkumidan

Samarqand ziyoratgohlari turkumidan

ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR

Arbinjon shahri tarixda “Arbinjon”, “Arbinjoni”, “Arbinj”, “Rabinjon” va “Arabnajn” nomlari bilan atalgan[1]. Aksar arab manbalarida “أَرْبِنْجَن” –“Arbinjon” shaklida kelgan[2]. Oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdini Buxoro Sugʻdidan Arbinjon va Karmana shaharlaridan Buttamongacha boʻlgan hudud ajratib turgan. Samarqandning Buxoroga yaqin yerlarida Ishtixon, Kushoniya, Dabusiya va Arbinjon joylashgan. Ishtixon va Kushoniya Qoradaryoning shimolida, Dabusiya …

Batafsil

SHAVQIY KATTAQOʻRGʻONIY

Maʼlumki, zaminimizdan juda koʻplab allomalar, muhaddislar, faqihlar, shu bilan birga, yozuvchi va shoirlar yetishib chiqqan. Ana shunday adib va shoirlardan biri Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniydir. U 1785 yili Kattaqoʻrgʻon tumanidagi Alijon qishlogʻida tavallud topgan. Asl ismi – Abulqosim ibn Muhammad Sharif. Alloma dastlabki taʼlimni oʻzi tugʻilib oʻsgan qishlogʻida oladi. 1815 yili Buxoroning …

Batafsil

SHAYX XUDOYDOD VALIY – OSHIQLAR SARDORI

Subhidam har kimki Haqqa aylar roz, Haq Subhon qutlugʻ yoʻl aylar sarafroz. Shayx Xudoydod Valiy Movarounnahr tasavvuf taʼlimotida yassaviya tariqati muhim oʻrin tutadi. Uning markazi Turkistonda shakllangan boʻlsa, keyinchalik taʼlimot Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Nasaf, Hirot kabi shaharlar boʻylab tarqaldi. Yassaviya tariqatining taraqqiy etishida Samarqandda faoliyat olib borgan tasavvuf …

Batafsil

SUGʻDLIK FAQIH – IMOM ALI SUGʻDIY

Islom fiqhiga oid kitoblarda Qoraxoniylar davrida Samarqandda ilmiy faoliyat olib borgan mashhur allomalardan biri Imom Ali Sugʻdiy (vaf. 461/1069) haqida maʼlumotlar mavjud boʻlib, u salaf imomlarning oxirgilaridan boʻlgani qayd etiladi. Shunday boʻlsa-da, Imom Ali Sugʻdiy nomi koʻpchilikka nomaʼlum boʻlishi tabiiy. Tarixiy manba va tadqiqotlarda[1] u haqidagi maʼlumotlar tarqoq holda uchraydi. Maqolada …

Batafsil

ABULHASAN ANDOQIYNING HAYOT YOʻLI

Tarixdan maʼlumki, yurtimizda barcha sohalarda boʻlgani kabi tasavvuf yoʻnalishida ham koʻpgina allomalar yetishib chiqqan. Shulardan biri Abulhasan Andoqiydir. U mashhur fiqh olimi Abulkarim ibn Hanifa Andoqiyning nabirasi boʻladi. Toʻliq ismi Abu Muhammad Hasan ibn Husayn Andoqiy boʻlib, 460/1067-552/1159 yillarda yashagan va oʻsha davrda ilm oʻchoqlaridan biri hisoblangan Buxoroda koʻpgina ulamolardan tahsil olgan. …

Batafsil

“Chorchinor” epigrafik yodgorliklari

Mamlakatimizda milliy-maʼnaviy qadriyatlarni tiklash, buyuk ajdodlarimizning boy merosini oʻrganish va targʻib etish, ularning xoki abadiy qoʻnim topgan maqbaralarni obod qilishga alohida eʼtibor berilmoqda. Xususan, naqshbandiya tariqati vakili, maʼrifatparvar va mutafakkir alloma Valixon Urgutiy xotirasiga hurmat-eʼtibor koʻrsatish va uni abadiylashtirish maqsadida Urgut shahridagi “Chorchinor” mavzesida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. …

Batafsil

XOJA ISʼHOQI VALIY

Dahbediy xojalar silsilasining eng mashhur namoyandalaridan biri Xoja Isʼhoqi Valiy boʻlib, ul zot Maxdumi Aʼzamning toʻrtinchi oʻgʻli edi. Xoja Isʼhoq otasi Maxdumi Aʼzamning shogirdlaridan biri Mavlono Lutfillo Chustiydan tasavvuf taʼlimotini oʻrganib, kamol topadi va xati irshod olib, pirlik darajasiga yetadi. Uni Sharqiy Turkiston (Xitoy) hududida joylashgan moʻgʻul davlati hukmdori Abdul …

Batafsil

MAVLONO MIRMUHAMMAD IBROHIM XOJA

Mahalliy aholi orasida “xalifa Ibrohim” nomi bilan ataluvchi Mavlono Mirmuhammad Ibrohim xoja Samarqandiy ziyoratgohi Samarqand shahridagi Abu Darun mozori yaqinida joylashgan. U kishi oʻz zamonida yetuk tasavvuf murshidlaridan biri boʻlgan. Mavlononing hayot yoʻli va tasavvuf taʼlimotida olib borgan faoliyati hozirgacha mukammal tadqiq etilmagan. Qayd etilgan yozishmalarda u haqida oz boʻlsada, …

Batafsil