Home / XALQARO YANGILIKLAR (page 3)

XALQARO YANGILIKLAR

Imom Buxoriy merosi xalqaro olimlarni Samarqandda birlashtirdi

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida Samarqandda “Imom Buxoriyning “Al-Jomiʼ as-sahih” asari – ummat kitobi” mavzusidagi I xalqaro konferensiya ish boshladi. “Hadith Hotel” majmuasida boʻlib oʻtayotgan anjuman Qurʼoni karim tilovati va Imom Buxoriy hayoti hamda boy ilmiy merosiga bagʻishlangan maxsus videorolik namoyishi bilan boshlandi. Konferensiyani Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …

Batafsil

Oʻzbek olimining maqolasi Indoneziyada chop etildi

Indoneziyaning eng nufuzli nashrlaridan biri – “Kalimantan Post” gazetasining 2026-yil 7-iyuldagi sonida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori Baxtiyor Tursunovning “Moralitas, Fondasi Kesempurnaan Manusia di Tengah Arus Globalisasi” (“Axloq – globallashuv sharoitida inson kamolotining poydevori”) deb nomlangan ilmiy-maʼrifiy maqolasi chop etildi. Unda muallif globallashuv jarayonlari …

Batafsil

Indoneziyaning nufuzli delegatsiyasi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziya Respublikasi Xalq maslahati kengashi raisi Ahmad Muzani boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Indoneziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Siti Ruxayni Juhayatin xonim hamrohlik qildi. Mehmonlar Markaz faoliyati, buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hayoti va boy ilmiy merosini oʻrganish, asrash va xalqaro miqyosda targʻib etish yoʻlida …

Batafsil

Xalqaro ilmiy yigʻinlarning yangi turkumi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Marmara universiteti hamkorligida “Tasavvuf: oʻtmish, bugun va kelajak” nomli yangi xalqaro ilmiy loyiha yoʻlga qoʻyildi. Yangi loyiha tasavvuf taʼlimotining tarixiy ildizlari, uning bugungi kundagi maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati, yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni, shuningdek, tariqat namoyandalari faoliyati, ilmiy merosi, markazlari va yozma …

Batafsil

London iqtisodiyot maktabi professori Markazda mehmon boʻldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) professori Rahmon Chishtiy tashrif buyurdi. Oʻz davrida Buyuk Britaniya parlamentining aʼzosi, Din va eʼtiqod erkinligi boʻyicha maxsus vakil boʻlgan mehmon Markaz muzeyi va kutubxonasi faoliyati bilan tanishib, Imom Buxoriy va Movarounnahrning boshqa allomalari merosini oʻrganish, saqlash va targʻib …

Batafsil

Hikmatdan taraqqiyot sari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston va Malayziya hamkorligida Islom sivilizatsiyasi mutafakkirlari ilmiy merosiga bagʻishlab  “Ilm, hikmat va taraqqiyot: Islom sivilizatsiyasining insoniyat tarixi va kelajagidagi oʻrni” mavzusida tashkil etilgan 6-xalqaro seminar 18-iyun kuni ham davom etdi. Kun davomida islom sivilizatsiyasi merosining zamonaviy taraqqiyot jarayonlaridagi ahamiyati, inson kamoloti va jamiyat farovonligiga …

Batafsil

Hikmatli o‘tmish va yorqin istiqbolni bog‘lagan ilmiy muloqot

17-iyun kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston va Malayziyaning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari hamkorligida islom sivilizatsiyasi mutafakkirlari ilmiy merosiga bagʻishlangan 6-xalqaro seminar ish boshladi. Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan anjumanning bu gal “Ilm, hikmat va taraqqiyot: Islom sivilizatsiyasining insoniyat tarixi va kelajagidagi oʻrni” mavzusida tashkil etilib, islom sivilizatsiyasi merosi, …

Batafsil

Tarixiy aloqalarning yangi bosqichi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziya Respublikasining Sharqiy Yava viloyati Gresik tumani hokimi Fandi Ahmad Yani Xolis boshchiligidagi delegatsiya keldi. Mehmonlar dastlab Markaz muzeyi bilan tanishib, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, Oʻzbekiston hududida shakllangan boy ilmiy-maʼrifiy anʼanalar haqida maʼlumotga ega boʻldi. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Markaz kutubxonasi faoliyati, qoʻlyozmalar …

Batafsil

Mintaqaviy xavfsizlikning asosiy fronti – axborot makonida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida yoʻlga qoʻyilgan “Islom – tinchlik va maʼrifatparvarlik dini” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumi izchil davom ettirilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida Markaz xodimlari, Qozogʻiston Geosiyosiy tadqiqotlar instituti, “AQNIET” axborot-targʻibot va reabilitatsiya markazi hamda Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq …

Batafsil

Xoja Muhammad Porsoning ilmiy merosi – hadisshunoslik va fiqh uygʻunligining muhim manbasi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining Markazda amaliyot oʻtayotgan sovrindori, Turkiyadagi Dijla universiteti doktoranti Mustafo Alagoʻzoʻgʻli oʻz tadqiqotlarining taqdimotini oʻtkazdi. Tadqiqotchi XIV-XV asrlarda Movarounnahrda yashab ijod qilgan yirik mutasavvif, muhaddis va faqih, Bahouddin Naqshbandning eng yaqin shogirdlaridan biri – Xoja Muhammad Porsoning hayoti va ilmiy faoliyatiga toʻxtalib oʻtdi. Allomaning oʻttizga …

Batafsil