Home / XALQARO YANGILIKLAR (page 21)

XALQARO YANGILIKLAR

Insonga ruhiy ozuqa beruvchi sanʼat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Istanbuldagi “Islom sivilizatsiyasi” bogʻi rahbari, mashhur xattot va taniqli islomshunos Husayn Qutlu rahbarligida bir guruh turkiyalik va mahalliy amaliyotchi hamda tadqiqotchilar tashrif buyurdi. Direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev mehmonlarni Markaz muzeyi bilan tanishtirib, ilmiy faoliyat natijalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Tashrif asnosida mehmonlar, Markaz ilmiy xodimlari, mahalliy …

Batafsil

Hamkorlikni qaror toptirishga kelishib olindi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi rahbar va xodimlaridan iborat delegatsiya Kuala-Lumpulga safari davomida Malayziya xalqaro islom universitetida boʻldi. Delegatsiya aʼzolari universitet faoliyati, jumladan, taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishdi. Talabalar bilan muloqot chogʻida yigʻilganlarga Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada …

Batafsil

Misr nashri e’tirofi

Misrdagi Al-Azhar universitetining “Savtul Azhar” (“Al-Azhar ovozi”) gazetasida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Imomning ikkita nodir kitobini o‘zbek tiliga tarjima qildi” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Nashrning shu yil 23 oktyabrdagi 1288-sonida “O‘zbekiston tarixida ilk bor” epigrafi ostida chop etilgan maqolada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyuk muhaddis Imom Buxoriyning …

Batafsil

Hamkorlik istiqbollari – muhokamalar markazida

Xabar berilganidek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi rahbar va xodimlaridan iborat delegatsiya Malayziya safarida boʻlib turibdi. 23-oktyar kuni delegatsiya aʼzolari poytaxt Kuala-Lumpurda joylashgan Malayziya islomni anglash institutida uchrashuv oʻtkazdi. Unda Institut huzuridagi Iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi …

Batafsil

Allomalar ilmiy merosi chin mohiyatni anglatadi

Ayni kunlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi rahbar va xodimlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Malayziyada ilmiy-amaliy safarda boʻlib turibdi. Safar dasturi doirasida delegatsiya aʼzolari 22-oktyabr kuni Malayziyaning Islom madaniyati institutida “Imom Buxoriy ilmiy merosini oʻrganishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida …

Batafsil

Malayziyada “Imom Buxoriy ilmiy merosini o’rganishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi

Anjumanda Malayziya Milliy universiteti, islom madaniyati instituti, xalqaro islom universiteti, Zahra fondi, xalq ta’limi vazirligi, Qur’on va sunnatni o’rganish ilmiy-tadqiqot markazi, islom ilmlari universiteti, Utar universiteti, O’zbekiston elchixonasi rahbariyati, professor-o’qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Anjumaning ochilish marosimida O’zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev so’zga chiqib, joriy yil may oyida Malayziya Bosh vaziri …

Batafsil

Loyihalar maʼqullandi

Xabar berilganidek, shu kunlarda Toshkent shahrida “Sharq renessansi fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi oʻtkazilmoqda. Haftalik tadbirlarida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari faol ishtirok etib, Imom Buxoriy innovatsion muzey ekspozitsiyasini boyitishga yoʻnaltirilgan 5 ta loyiha taqdimotini oʻtkazdi. Imom Buxoriyning bizgacha yetib kelgan 12 asari …

Batafsil

Allomalar asarlari tadqiqining dolzarb ahamiyati

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Istanbuldagi “Dorul maxtutot” (“Qoʻlyozmalar uyi”) markazi Bosh direktori Dr. Mahmud Misriy tashrif buyurdi. Olim qator nufuzli ilmiy nashrlar tahrir hayʼatlarining aʼzosi, tibbiyot tarixi, qoʻlyozmalar tahqiqiga oid bir necha kitoblar muallifidir. Uning “Qoʻlyozmalarni tadqiq qilishning nazariy asoslari” nomli kitobi oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Markaz direktorining oʻrinbosari …

Batafsil

Imom Buxoriy asarlari – botil gʻoyalardan kuchli maʼnaviy himoya

Xabar berilganidek, Termizda “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy anjumanda oʻtkazildi. Anjumanning Termiz Davlat universitetida boʻlib oʻtgan shoʻba yigʻilishida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Shukurillo Umarov “Yangi Oʻzbekistonda hadisshunoslik ilmining yangi bosqichi” mavzusidagi maʼruza qildi. Maʼruzachi jahon islom olamida hozirgi kunda ham asosiy …

Batafsil

Toshkent – madaniy anjuman ogʻushida

18-oktyabr kuni Toshkentda “Sharq renessansi fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi boshlandi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda qator xorijiy va mahalliy tashkilotlar, idora va muassasalar hamkorligida tashkil etilgan haftalik doirasida xilma-xil yoʻnalishlar boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar …

Batafsil